Vladigerov Pancho

Vladigerov Pancho (1899.1.3, Syurix — 1978, Sofiya) — bolgar kompozitori, pianinochi, dirijyor va pedagog. Bolgariya xalq artisti (1949). Milliy kompozitorlik maktabining yirik vakili. Ijodida bolgar musiqa folkloridan keng foydalangan, zamonaviy bolgar musiqasining qator janrlari (kontsert, Sonata, fortepiano musiqasi va boshqalar)ga asos solgan. Romantik, ko’tarinki ruh bilan sug’orilgan musiqiy obrazlariing yorqinligi, garmoniyaning nafisligi, orkestr vositalarining boyligi Vladigerov uslubiga xos. «Vardar» rapsodiyasi (1922), fortepiano kontsertlari (5 ta, 1918-62), «Shoh Kaloyan» opsrasi (1936) mashhur.