Vladikavkaz

Vladikavkaz (osetincha Dzauji- Kau) (1931-44 va 1954-90 yillarda orjonikidze, 1944-54 yillarda Dzaujikau) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1860 yildan). Shim. Osetiya poytaxti, Terek daryosi sohilida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 325 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik (elektrotexnika, priborsozlik va boshqalar), rangli metallurgiya, kimyo, shisha, yog’ochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy o’quv yurti (shu jumladan shim. Osetiya universiteti), 4 teatr, shimoliy Osetiya badiiy muzeyi, K. L. Xetagurov nomli Shimoliy Osetiya adabiyot muzeyi, Xetagurov uy-muzeyi bilan birga shimoliy Osetiya Birlashgan muzeyi va boshqalar bor. Turizm rivojlangan. Vladikavkazga Gruziya harbiy yo’lini qo’riqlash uchun 1784 yil rus qal’asi sifatida asos solingan.