Vladimir I
Vladimir I (7-1015) – Novgorod knyazi (969 yildan), Kitevning ulug’ knyazi (980 yildan) Svyatoslav I ning kenja o’g’li. Vyatichlar, radimichlar va yatvaglarni bo’ysundirgan; bijanaklar, Volga Bulg’oriyasi, Vizantiya va Polsha bilan urush olib borgan. Uning davrida Desna, Osyotr, Trubej, Sula va boshqa daryolar bo’ylab mudofaa istehkomlari barpo etilgan, Kiev shahri qaytadan mustahkamlanib, toshdan inshootlar qurilgan. 988-989 yillarda xristianlikni davlat dini sifatida joriy etgan. Vladimir I davrida qadimgi Rus davlati ravnaq topgan, uning xalqaro obro’si oshgan. Rus she’riy kissalarida Vladimir I «Krasnoe Solnishko» («Quyosh») deb atalgan. Rus pravoslav cherkovi tomonidan avliyolar qatoriga qo’shilgan.