Vokaliz

Vokaliz (lotincha vocalis — unli tovush; sadolanuvchi, kuylovchi) — so’zsiz, unli tovushlarda kuylash uchun yaratilgan etyud yoki ovoz mashqi; ovozni shirador qilishga va xonanda mahoratini oshirishga xizmat qiladi (J. Konkone, G. Panofka, M. Glinka, A. Varlamov va boshqalar). Kontsert ijrosi uchun mo’ljallangan mustaqil musiqa asari sifatida ham uchraydi (S. Raxmaninov, ovoz va fortepiano uchun «vokaliz»; R. Glier, «ovoz va orkestr uchun kontsert»; V. Uspenskiy, «Vokaliz»; Ik. Akbarov, «Hamza» kinofilmiga yozilgan «Zulfiya vokalizi»; M. Leviev, «so’zsiz qo’shiq»; B. Gienko, «Ovoz va orkestr uchun kontsert» va boshqalar).