Volf (Wolff) Kaspar Fridrix

Volf (Wolff) Kaspar Fridrix (1734. 18. 1, Berlin — 1794. 22.2, Peterburg) — nemis biologi. O’simliklar vegetativ organlarining metamorfozi to’g’risidagi ta’limotning yuzaga kelishida katta hissa qo’shgan. Epigenez nazariyasining asoschisi. Preformizmta qarshi chiqqanligi uchun Germaniyadan ketishga majbur bo’lgan. Volf Peterburg Fanlar Akademiyasi a’zosi (1767 yildan) 1767 yildan umrining oxirigacha Rossiyada ishlagan. Volf birinchi bo’lib embrion varaqlari to’g’risidagi hozirgi zamon ta’limotiga asos solgan. Uning ilmiy ishlari embriologiya fanining rivojlanishi uchun zamin bo’lgan.