Volfart pashshasi

Volfart pashshasi (Wohlfartia magnifl ca) — taxin pashshalar oilasiga kiradigan hasharot. Tanasi och kulrang, ustida qora dog’lari bor, uzunligi 9— 13 mm. Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qanot chiqargani o’tloqlar va yaylovlardagi o’simliklar gulida ko’p uchraydi. Volfart pashshasi urchish vaqtida hayvonlar yashaydigan joylarga kelib, etilgan (uzunligi 1 mm cha) lichinkalarini (120-160 tadan) hayvon tanasidagi yara-chaqalarga, shuningdek ko’z, burun, og’iz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga tashlab ketadi. Lichinkalarining yaralarda yashash davri 2,5—3 kun. Volfart pashshasi yiliga.6 marta bo’g’in berishi mumkin. Volfart pashshasi lichinkalari odamlarga ham tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, teri burmalari yoki ko’z va burniga tushganda to’qimalarni yeb, tuzalishi qiyin yaralar paydo qiladi. Kurash choralari: lichinkalar yaradan pintset b-n terib tashlanadi, yara xlor-formli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olinadi, yara lizol, volfartol, yodoform, kseroform, kreolin bilan yuviladi.