Volfram
Volfram (Wolframium), W – mendeleyev davriy sistemasinint VI guruh elementi; tartib soni 74, atom molekulasi 183,85; och kulrang, qiyin suyuqlanuvchi og’ir metall. Tabiiy Volfram massa soni 180, 182, 183, 184 va 186 bo’lgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat. 1781 yilda shved kimyogari K. V. Sheele Volframni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783 yilda ispan kimyogarlari aka-uka D’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning o’zini olishdi va uni Volfram deb atashdi. Volfram uzoq yillar davomida sanoat miqyosida qo’llanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan bo’lib, yer po’stidagi miqdori og’irligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega. Volfram kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 3380+10*, qaynash temperaturasi 5900°. 400-500° da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, suv bug’lari 600° dan yuqorida uni WQj gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor Volfram b-n yuqori temperatuada (ftor esa kukun holatdagi Volfram bilan xona temperaturasida) reaktsiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish temperaturasigacha reaktsiyaga kirishmaydi; azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda Volfram xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi ta’siriga chidamli; 100° da ular bilan bir oz reaktsiyaga kirishadi; ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. Volfram o’z birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli bo’lib, yuqori valentlilari barqaror. Volfram to’rtta oksid hosil qiladi: yuqori oksidi — 6-oksid WO3 (volfram an- gidridi), past oksidi — 4-oksid WO2 va ikki oraliq oksidi — W10O2, bilan W,OM. Volfram angidridi limon rangli kukun bo’lib, ishqor eritmasida eriganda volframatlar hosil qiladi. Suv hamda kislotalarda erimaydigan sariq kukundan iborat volframat kislota — H2WO4188° da suv ajratib, WO3 ga o’tadi. Volfram xlor bilan xloridlar hamda oksixloridlar hosil qiladi. Bulardan muhimlari WC16 va WO2C12 dir. Volfram oltingugurt bilan ikki sulfid —WS2 va uch sulfid WS, hosil qiladi. Volfram karbidlari — WC va W2C qiyin eruvchi birikmalar bo’lib, 1000-1500° da Volframning uglerod bilan birikishidan hosil bo’ladi. Volframit hamda sheelit kontsentratlari (50-60% WO3) Volfram va uning birikmalari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Volfram hozirgi zamon texnikasida toza metal hamda qotishmalar sifatida ishlatiladi. Elektr lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari tayyorlash uchun foydalaniladi. Volframning birikmalari texnikaning turli tarmoklarida qo’llaniladi. Temirjon Otaso’ziyev.