Volga

Volga (qadimda ra, o’rta asrlarda Itil yoki Egel) — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismidagi eng yirik va sersuv daryo. Uzunligi 3530 kilometr (suv omborlari qurilishidan’ Olain 3690 kilometr). Havzasining maydoni 1360 ming kilometr. Valday qirlaridan boshlanib (228 metr balapdlikdan), Kaspiy dengiziga Delta hosil qilib (maydoni 19 ming km2) quyiladi. Volgaga 200 tacha irmoq qo’shiladi. Chap irmoqlari o’ng irmoqlariga nisbatan ko’p va sersuvroq. Volga Verxit. Sterj, Vselug, Peno, Volgo kabi bir qancha ko’llardan oqib o’tadi. O’ng irmoq — oka quyilish joyidan Volganing o’rta oqimi (to Kama daryosi quyilishigacha) boshlanadi va Daryo Volga bo’yi qirlarining shimoliy va Sharqiy yon bag’irlari bo’ylab oqib, Jiguli tog’larini aylanib o’tadi va samara yoyi deb ataladigan juda katta tirsak hosil qiladi. Volgograd shahri yaqinida Volgadan uzunligi 520 kilometr bo’lgan Axtuba chap tarmog’i ajralib chiqadi. Volganing chap irmoqparidan Mologa, Sheksna, Kostroma, Unja, Vetluga, Kama, samara, katta Irgiz va boshqalar; o’ng irmoqparidan oka, sura, Sviyaga eng yirik irmoqlardir. Volga asosan qor (yillik oqimining qariyb 60%), grunt (30%) va yomg’ir (10%) suvlaridan to’yinadi. Yoz va qishda Daryo suvi juda kamayib ketadi, ba’zan yozda ketma-ket jala yog’ganda suv sathi ko’tariladi. Volganing yuqori va o’rta qismi noyab. oxirida muzlab, aprel o’rtasida eriydi, quyi qismi esa dek.abr o’rtasida muzlab, mart o’rtasida muzdan bo’shaydi. Quyilish eridan Rjevgacha (3256 kilometr) muntazam kema qatnaydi. Volganing suv rejimini tartibga solish, daryoni chuqurlashtirib, kemalar qatnovini yaxshilash va arzon elektr energiya olish maqsadida daryoda GES lar qurildi. Volga Volga-Boltiq suv yo’li orqali Boltiq dengizi bilan, shim. Dvina suv sistemasi va oq dengiz-Boltiq kanali orqali oq dengiz bilan, kema qatnaydigan Volga-don kanali orqali Azov va qora dengizlari bilan, Moskva shahri bilan Moskva nomli kanal orqali bog’langan. Volga sohilida Tver, Yaroslavl, Nijniy Novgorod, Qozon, Ulyanovsk, Samara, Saratov, Volgograd, Astraxon shaharlari joylashgan. Volgada 70 tur baliq yashaydi, bulardan 40 turi ovlanadi. Daryoda yog’och, yog’ochsozlik mahsulotlari, neft, tuz, ruda, binokorlik materiallari, galla, meva va boshqalar tashiladi. Volga havzasida Volga-Kama, Jigulevsk, Astraxon qo’riqxonalari. Samarskaya Luka tabiat milliy bog’i mavjud. Antropogen ta’sir natijasida Volgada ekologik vaziyat keskin yomonlashdi. Volga ning tabiiy majmuasini tiklash uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.