Volgograd 5/95
Volgograd 5/95 — o’rtagi pomidor navi. 1953 yilda Volgograd selektsiya stansiyasida chiqarilgan. Poyasi baquvvat, shoxlanmay tik o’sadi, barglari tukli, shoda meva tugadi. Mevasi yirik (100-120 gramm.), yassi-yumaloq, yumaloq, eti qattiq. Ko’chati urug’dan unib chiqqanidan hosil pishishiga qadar vegetatsiya davri 100-120 kun. Asosan parniklarda yetishtirilgan va pikirovka qilib o’stirilgan ko’chatlari dalaga 10-25 aprelda ekiladi. Dalada gullaganidan keyin hosili 50-55 kunda pishadi. Kasallik va zararkunandalardan kam zararlanadi. Uzoqqa yuborishga g’oyat chidamli nav. Hosildorligi 150-250 ts/ga. Toshkent viloyati, Farg’ona vodiysida ko’p ekiladi. O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.