Volos
Volos — Gresiyadagi shahar, Egey dengizining Pagasitikos buxta (qo’ltiqcha)si bo’yidagi port. Fessaliya tarixiy-geografik viloyatidagi magnisiya nomining ma’muriy markazi. Aholisi yuz mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Savdo markazi. Metallurgiya, to’qimachilik, oziq-ovqat, tamaki, ko’n-teri, iellyuloza-qog’oz sanoati korxonalari bor. Volos orqali chetga paxta, tamaki, zaytun chiqariladi. Vizantiya davri qal’alarining xarobalari saqlangan. Shaharga 19-asrda asos solingan. 1955 yil zilziladan so’ng qayta qurilgan.