Volta
Volta — G’arbiy Afrikadagi daryo, asosan Gana hududidan oqib o’tadi. Oq Volta va qora Voltaning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Gvineya qo’ltig’iga delta hosil qilib quyiladi. Uzunligi 1600 kilometr, havzasining maydoni 384 ming km2. Asosiy irmog’i — oti daryosi. Yog’ingarchilik davri (iyul — oktabr) da to’lib oqadi, ba’zan toshadi. Bu vaqtda suv sathi 14 metrgacha ko’tariladi. Quyilish yeridan boshlab 400 kilometr masofada kema qatnaydi. Daryo o’zani serostona. Baliq ovlanadi. Gidroenergiya resurslariga boy. Voltada yirik Akosombo GES (Ganada) va Volta suv ombori qurilgan. Asosiy portlari: Kete-Krachi va Akosombo.