Volxov
Volxov — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoli-g’arbidagi daryo. Ilmen ko’lidan boshlanib, Ladoga ko’liga quyiladi. Uzunligi 224 kilometr. Havzasining maydoni 80,2 ming km2. Quyi qismida Volxov GES bor. Noyab. oxirlarida muzlab, aprel boshlarida muzdan bo’shaydi. Volxovda boshidan oxirigacha kema qatnaydi. v Vishniy Volochyok suv sistemasiga kiradi. Asosiy pristanlari: Novgorod, Volxov, kirishi, Novaya Ladoga.