Volyuntarizm
Volyuntarizm (lotincha voluntas — Iroda) — 1) irodani borliqning eng oliy ko’rinishi, tamoyili deb qarovchi falsafiy oqim. Volyuntarizm ta’limotida insonning irodasi birinchi o’ringa qo’yiladi. Qadimgi davr falsafasidagi aql-idrok, ratsionalizmdan farqli o’rta asr falsafasida, masalan, A. Avgustin ta’limotida Iroda birinchi o’ringa chiqddi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda irodaning aql-idrokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu bilan Kant falsafasi, klassik falsafadan o’zgacha yo’l tutdi. F. Nisshe ham Shopengauer ta’sirida falsafaning markaziga inson irodasini qo’yadi. Lekin uning talqinida Iroda hokimlikka intilishni bildiradi. Nisshe hokimlikka erishish uchun irodani ishga solish inson faoliyatining hal qiluvchi hamda eng asosiy qobiliyatidir, deb talqin qiladi, mutlaq hokimlikka, hokimiyatga erishish uchun o’ta kuchli Iroda egalari bo’lgan «oliy shaxoga sig’inishni falsafiy asoslashga urinadi; 2) tarixiy jarayonlarning ob’yektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, o’zboshimchilik bilan siyosat yuritish, o’z xohish-irodasini hamma narsadan yuqori qo’yish. Volyuntarizm sobiq Sho’rolar davrida keng quloch yoydi. O’zboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.