Voqeanavis

Voqeanavis — 1) musulmon sharqi mamlakatlarida saroy mansabi. Voqeanavislar hukmdor topshirig’iga binoan mamlakatda bo’lib o’tgan barcha voqealarni kunma kun yozib borishgan. Shuningdek, elchilar huzurida ham Voqeanavis mansabi bo’lgan, u safar kundaliklarini va elchixonadagi barcha yozuv-chizuv ishlarini olib borgan. Masalan, Avrangzebning Buxoroga kelgan elchisi Zabardastxon huzurida Xoja Abdulma’oniy Balxiy Voqeanavis mansabida bo’lgan. 2) Rasmiy yo’l bilan qo’yilgan maxfiy kuzatuvchi, ayg’oqchi, josus.