Vozrojdeniye

Vozrojdeniye — Orol dengizining Markaziy qismidagi Orol. Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida. 1961 yilga qadar maydoni 216 km2 bo’lgan. Eng baland joyi 56 metr. Yer yuzasi tekislik bo’lib, qum va qumoqlardan tarkib toptan. Do’ng qumlar uchraydi. Doimiy oqar suv yo’q, daraxt o’smaydi. Cho’l va chala cho’l o’simliklaridan yulg’un, sho’ra, oqbosh, qo’shbarg, yantoq kabilar qumli, o’tloqi-taqir va sho’rxok yerlarda tarqalgan. 1961 yildan Orol dengizi sathining muttasil pasayib borishi natijasida Vozihning maydoni ayniqsa shimoliy-G’arb va Janubi-G’arb tomon kengaydi. Yangi vujudga kelgan quruqlik asosan qumlikdan iborat bo’lib, nihoyatda sho’r. Bu yerda siyrak holda bir yillik sho’ralar (qora sho’ra va qizil sho’ra), goho yulg’un va qorabaroq uchraydi. Vozrojdeniyeda aholi yashamaydi.