Vrubel Mixail Aleksandrovich

Vrubel Mixail Aleksandrovich [1856.5(17).3, Omsk – 1910.1(14).4, Peterburg] — rus rassomi. Peterburg Badiiy Akademiyasi akademik (1905). Vrubel o’rta asrlar va Uyg’onish davri san’ati, antik dunyo mifologiyasi va rus ertaklaridan ilhomlangan; yuksak mahobatli uslub va milliy shakllar izlash, bezakka e’tibor uning asarlariga «modern» uslubiga xos xususiyatlar baxsh etgan. «Eron gilami fonidagi qiz» (1886), «Nastarin gul» (1900), «Hamlet va Ofeliya» kabi asarlari rassomga shuhrat keltirdi. «Demon» (1890) asarida «mangu mavzu» yaxshilik va yomonlik masalasini ramziy ma’noda yosh, go’zal, Pahpavon isyonkor Demon qiyofasida ifoda etdi. Shuningdek, «Venetsiya» (1894), «Folbin» (1895), «Oqqush-Malika» (1900) kabi asarlari ham mashhur.