Vudvorts (Woodworth) Robert
Vudvorts (Woodworth) Robert (1869. 17.8, Belchertaun, Massachusets shtati, AQSh – 1962.4.7, Nyu-York-Siti) -AQShda funktsional psixologiyaning asoschilaridan biri. 1909 yildan Kolumbiya universiteti professori. Dinamik psixologiya g’oyasini olg’a surgan, uning asosiy vazifasi — psixik faoliyatning turli shakllari nima uchun va qanday paydo bo’lishi hamda amalga oshishini o’rganish deb hisoblagan. Vudvorts fikricha, xulq bilan ong psixologiyaning asosiy predmetidir. Vudvorts psixologiya ilmida birinchi bo’lib g’ayriodatiy xulq ko’rinishlarini aniqlash so’rovnomasini ishlab chiqdi. «Dinamik psixologiya» (1918) asarida motivasiya, idrok qilish, o’qitish va fikr yuritish nazariyalarini birga qo’shish asosida xulq-atvor nimaligini tushuntirdi, «psixologiya» (1921) asari esa mukammal darslik bo’lib qoldi.