Vujudi mumkin va vujudi vojib

Vujudi mumkin va vujudi vojib — o’rta asr yaqin va O’rta Sharq falsafasidagi tushunchalar. Bunga ko’ra mavjudot 2 ga — vujudi mumkin (imkoniy mavjud narsalar) va vujudi vojib (zaruriy mavjud narsalar)ga bo’linadi. Vujudi mumkin — sababsiz vujudga kelmaydigan narsalardir. Vujudi vojib — o’z-o’zidan mavjud, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, o’z tabiatidan, mohiyatidan kelib chiqadi. Vujudi mumkin vujudi vojib sababli mavjuddir. Forobiy barcha mavjudotni 6 darajaga bo’ladi: birinchisi, vujudi vojib — Alloh; qolgan 5 tasi — aql, jon, shakl, materiya, osmon — vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-natija shaklida bog’langan, birinchisi o’z sababiga ega emas. Ibn Sino ham bu tushunchalarni shu tarzda ta’riflagan.