Vulkanogen cho’kindi jinslar
Vulkanogen cho’kindi jinslar — vulkan va cho’kindi materiallardan tashkil topgan tog’ jinslari. Vulkanlarning portlab otilishidan hosil bo’lgan qattiq, bo’lakli va kimyoviy (suvda erigan) bo’lishi mumkin. Bo’lakli yoki piroklastik materiallar (suyuq lava mahsulotlari, vulkan qattiq va boshqa jinslarning maydalangani) bo’sh, Palaxsalar, vulkan bombalari, lapillalar, vulkan qumlari va kullari to’plamini tashkil etadi. Cho’kkan joylarida tsementlashishidan yoki boshqa joyga olib borib yotqizilganda toza, ko’pincha bir xil tarkibli, ozroq cho’kindi mahsulotli (10% dan ko’p emas) Vulkanogen cho’kindi jinslar — vulkan tuflari hosil bo’ladi. Ko’proq qo’shimchalar aralashganda tuffitlar va juda oz tuf komponenti qo’shimchasi bo’lgan cho’kindi jinslar hosil bo’ladi. Bo’laklarning katta-kichikligiga ko’ra Vulkanogen cho’kindi jinslar dag’al bo’lakli (10 mm dan katta), yirik (0,1—2 mm), o’rtacha (0,1—2 mm), mayda (0,01—0,1 mm) va juda mayda (0,01 mm dan kichik) bo’lakli turlarga bo’linadi. Mineral tarkibi bo’yicha, eng avvalo vulkan komponentining tarkibiga qarab farqlanadilar. Issiq va suyuq holda otilgan jinslar suv ostida yoki quruqlikda yotqizilsa xemogen Vulkanogen cho’kindi jinslar hosil bo’ladi. Masalan, ko’pchilik yashmalar, ba’zi bir temir, marganes rudalari, fosforitlar va boshqalar, O’zbekistonda Chatqol- Qurama tog’larida vulkan jinslari tarqalgan joylarda Vulkanogen cho’kindi jinslar uchraydi.