Vulqon kuli

Vulqon kuli – tabiiy magmani maydalash yo’li bilan olinadigan mahsulot. U vulqon shishasining zarralari, jins hosil qiluvchi minerallarning kristallari va vulqon tuynugidan otilib chiqqan turli tog’ jinslarining parchalarini tarkibiga kiritgan mayda donador (donasining o’lchami 0,05-2 mm bo’lgan) tog’ jinsini o’zida namoyon etadi. Vulqon kuli yengil betonlar, tsementlar, issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar, filtrlovchi massalar va hokazolarni olishda foydalaniladi.