Vzvod

Vzvod (ruscha) — rota, batareya tarkibiga kiradigan harbiy bo’linma. Bir nechta (2-4) bo’linma, raschyot yoki ekipajdan iborat. Dastlab 17-asr oxirida piyoda va otliq, keyinchalik artilleriya qo’shinida tuzilgan. Yangi qo’shin turlari paydo bo’lishi bilan Vzvod ular tarkibiga ham kirgan. O’zbekiston Respublikasi harbiy xizmatida ham Vzvod tuzilishi saqlanib qolgan.