Xalqaro astronomiya Ittifoqi

Xalqaro astronomiya Ittifoqi — xalqaro ilmiy jamiyat. Jahondagi astronomik muassasalar, rasadxonalar, intlarning harakati bilan 1919 yil tashkil etilgan. Unga 70 davlat a’zo. O’zbekiston 1998 yildan a’zo. Asosiy vazifalari: astronomiyaning barcha sohalarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish; astronomik tadqiqotlarda ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish; astronomiya fani manfaatlarini boshqa xalqaro tashkilotlarda himoya qilish. Xalqaro astronomiya Ittifoqi ish organlari ijroiya qo’mitasi va astronomiyaning alohida muammolari bilan shug’ullanuvchi 37 ta qo’mitasidan iborat 7 ta bo’limni o’z ichiga oladi. Qo’mitalari, asosan, xalqaro konferentsiya, simpozium va boshqalarni tashkil qilish yo’li bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Umumiy ishni Xalqaro astronomiya Ittifoqi Bosh Assambleyasi boshqaradi; u har 3 yilda bir marta yig’iladi. Bosh Assambleya umumiy yig’ilish va majlislarida astronomiyaning eng dolzarb masalalari to’g’risidagi ma’ruzalar tinglanadi, astronomik kuzatishlar hisobotlari tasdikdanadi va yangi tadqiqotlar dasturlari taklif qilinadi.