Xalqobod

Xalqobod (1993 yilgacha Komsomolobod) — Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidati qishloq, tuman markazi. Tumanning sharqida, 320 metr balandlikda joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Sherobod (10 kilometr). Xalqoboddan viloyat markazi (Termiz)gacha 52 kilometr. Aholisi 7,5 ming kishiga yaqin (2004). Aholisi va xo’jaliklari Zang kanalidan suv oladi. Shuningdek, artezian quduqlardan olingan ichimlik suvidan foydalaniladi. Xalqobodda tuman hokimiyati binosi, aloqa uyi, dehqon bozori, avtovokzal, universal magazin, mehmonxona, novvoyxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati ko’rsatish shoxobchalari bor. Markaziy kutubxona, madaniyat uyi, baxt uyi, Markaziy kasalxona (180 o’rin), poliklinika, dorixonalar mavjud. Xalqoboddan Termiz shahrigacha avtobuslar qatnaydi.