Xandaq jangi

Xandaq jangi — Muhammad (sav) payg’ambar tarafdorlari (300 kishi) tomonidan Madinani Makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627 yil) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon al-Forsiy (655 yil vafot etgan)ning maslahatiga ko’ra Muhammad payg’ambar shu paytgacha arablarga noma’lum bo’lgan, biroq forslarga ma’lum bo’lgan jang usullaridan biri — xandaq qazishga buyurgan. 3 haftalik qamaldan so’ng Abu Sufyon qo’shini chekinishga majbur bo’lgan. Bu jang Islom tarixida Xandaq jangi deb nom olgan.