XANIN MIXAIL NIKIFOROVICH

XANIN MIXAIL NIKIFOROVICH (1902. 18.1, Samara viloyati — 1976) — patofiziolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1954), tibbiyot fanlari doktori (1942), professor (1942), Saratov universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach (1928), hozirgi Ulyanovsk viloyat kasalxonasida vrach (1928-30), Saratov tibbiyot instituti patofiziologiya kafedrasida aspirant (1930-32), assistent (1932-38), dotsent (1938-40), toshti patofiziologiya kafedrasi mudiri, prof.essor (1941-72). Ilmiy ishlari O’rta Osiyoda uchraydigan toksik gepatit, entsefalit hamda jigarning surunkali kasalliklarida allergiya va autoallergiya jarayonlarini aniqlash va o’rganishga bag’ishlangan.