XARGIZA

XARGIZA, ko’ko’t (Poterium ployqamum W. et. K.) — ra’nodoshlar oilasiga mansub ko’pyillik o’tsimon o’simlik. Bo’yi 40-80 santimetr. Ildizi o’q ildiz. O’zbekistonning hamma viloyatlarida uchraydi. Yo’l, dala, ariq yoqalarida va bog’larda, shuningdek, tog’vodiylari va yon bag’irlarida o’sadi. May — iyunda gullab, iyulda meva tugadi. Ekinzorlarda begona o’t sifatida uchraydi.