Xaritagramma
Xaritagramma (xarita va … gramma) — biror hodisaning o’rtacha intensivligini xaritada ko’rsatilgan ma’muriy-hududiy birlik doirasida har xil quyuqlikdagi ranglar bilan yoki zichlikda shtrixlab tasvirlash usuli. Xaritadiagrammalardan farqli ravishda, Xaritagrammada nisbiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi (masalan, viloyat yoki tumanlar bo’yicha aholi zichligi, qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi va hokazolar). Rangning quyuqlanishi yoki shtrixyaarning zichligi xaritaga tushirilayotgan ko’rsatkich qiymatining o’sishi yoki kamayishiga mos ravishda o’zgarib boradi, odatda, intensivlik uchun pog’onali shkala qo’llaniladi. Xaritagrammani tuzishda xaritaning maqsadi e’tiborga olinadi. O’quv xaritalarida pog’onalar 3-5 tadan oshmaydi, ma’lumotnoma xaritalarda esa ko’proq tanlanadi. Natijada ko’rsatkichlarning aniqligi ortadi.