XAUSA
XAUSA — Nigeriya (26 million kishi), Niger (4,3 million kishi) va boshqalardagi xalq. Umumiy soni 30,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Xausa tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy Musulmonlar. Asosan, dehqonchilik, chorvachilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadi.