Xazinachi

Xazinachi — hukmdor va boshqalarning pullari, qimmatbaho buyumlari va boshqa moddiy boyliklarini saqlovchi shaxs. Somoniylar davrida Buxoro Registoni atrofida joylashgan 10 ta devonning 2-si Xazinachi devoni, ya’ni mustovfiy devoni hisoblangan. Xorazmshohlar davrida mustovfiy o’lka moliya organi boshlig’i, moliya maslahatchisi, o’lka boshqaruv organi a’zosi tarzida faoliyat ko’rsatgan. Qoraxoniylar davlatida Xazinachi mas’uliyatli lavozimlardan biri sanalib, agichi atamasi bilan ifodalangan. 14-16-asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida xazina uchun mas’ul shaxslar «xozin», «xazinador» atamalari bilan ifodalangan. Eski o’zbek tilida ham » Xazinachi” istilohi qo’llanilgan. Buxoro xonligida Xazinachi nisbatan quyi mansablardan biri hisoblangan. Ad.:Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Yusuf Xos Hojib, Qutadg’u bilig, T., 1971; Shi- xAB ad-din Muxammad an-Nasavi, jizneopisanie Sultana Djalal addina Mank- burni, Baku, 1973; Bartold V.V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Sochineniya, t. 1, ch. 1, M., 1973.