Xinshelvud (Hinshelwood) Siril Norman

Xinshelvud (Hinshelwood) Siril Norman (1897.19.6 — London — 1967.9.10) — ingliz fizik kimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1929) va Prezidenti (1955-60). Oksford universitetining Beylel kollejini tugatgan (1924); shu universitetda professor (1937— 64). Asosiy ilmiy ishlari zanjir reaktsiyalar sohasiga oid. Rus olimi N.N. Semyonov bilan bir vaqtda zanjir reaktsiyalar nazariyasi asoslarini yaratdi. Xinshelvud anorganik va organik moddalarning, masalan, kaliy permanganat, aldegidlar, keton va boshqa moddalarning bo’linish kinetikasini tadqiq etgan. Bakteriyalarning turli muhitlarda o’sish muammolari bilan shug’ullangan (1938 yildan). Nobel mukofoti laureati (1956; N.N. Semyonov bilan hamkorlikda).