Xo’jandiy

Xo’jandiy (14-asrning 2-yarmi Xo’jand — 15-asr boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. Xo’jandiy haqida biografik ma’lumotlar saqlanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyning «Muhabbatnoma»siga Nazira tarzida yozilgan. Doston o’nta noma (Maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan. Tilar bo’lsang jahon ichra amorat. Faqirlar ko’nglini qilgin imorat kabi misralarida insonparvarlik g’oyalari ilgari surilgan. «Latofatnoma» 15-asr boshlarida o’zbek she’riyatiga xos detallar va badiiy an’analar (ayniqsa, tajnis)ga boy, tili ommabop. Forscha, Arabcha so’zlar kam. Unda fikriy aniqlik va hissiy jo’shqinlik mujassam. Asar Oltin O’rda xonligida yaratilgan turkiy tildagi Nodir adabiy asar bo’lib, o’zbek adabiyotida nomanavislik janriga muhim hissa bo’lib qo’shilgan. Ad.: O’zbek adabiyoti, 1J., T., 1959.