XO’JAOBOD TUMANI

XO’JAOBOD TUMANI – Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1973 yilda tuman tarkibidan Jalolquduq tumani, 1992 yilda Buloqboshi tumani ajralib chiqqan. Xo’jaobod tumani shimoli sharqdan Jalolquduq, shimoli g’arbdan Andijon, g’arbdan Buloqboshi tumanlari, Sharq, Janub, va Janubi g’arbdan Qirg’iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,23 ming km2. Aholisi 82,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yig’ini (Birlashgan, Manak, Oltin Vodiy, Xo’jaobod), 1 shahar (Xo’jaobod) bor. Markazi — Xo’jaobod shahri. Tabiati. Tuman hududi Farg’ona vodiysining Janubiy Sharqiy qismida joylashgan. Janubda Pomir-Olay tizmalarining Chilustun va Qirtoshtog’ tog’lari bor (eng baland joyi 1457 metr). Shimoliy g’arbiy kismi adirlardan iborat. Qolgan qismi pasttekislik. Foydali qazilmalardan neft va gaz, ohaktosh, shag’al, xarsangtoshlar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o’rtacha temperatura 13,gradus. Iyulning o’rtacha temperaturasi 26,7°, eng yuqori temperatura 45°. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -3,5°, eng past temperatura — 26°. Yiliga 300-330 millimetr yog’in tushadi. Ekinzorlar Shahrixonsoy, Oqburasoy, Aravonsoy, Savoy va Janubiy Farg’ona kanallaridan sug’oriladi. 5 suv chiqarish inshooti bor. Tuproqlari, asosan, madaniy voha tuprog’i bo’lib, qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullaniladi. Adir etaklarida och yoki tipik bo’z tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o’simliklardan rang, qo’ng’irbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh, qizil biyurg’un, qamish va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, yovvoyi mushuk, bo’rsiq, bo’ri, jayra, qo’shoyoq, ko’rsichqon, kalamush; qushlardan kaklik, bedana, kakku, chug’urchiq, zag’izg’on, may- na, zarg’aldoq, so’fito’rg’ay, jiblajibon, kaptar, chittak, o’rdak, zog’cha, ko’kqarg’a, sassiqpopishak, qizilishton, qarqunoq, burgut, itolg’i, bo’ktargi va boshqalar; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon ko’p. Suv havzaiarida har xil baliqlar (laqda, do’ngpeshona, karp, qora baliq, sazan va boshqalar) bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirg’iz, uyg’ur, turk, ozarbayjon, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 gektar 357 kishi. Shahar aholisi 17 ming kishi, qishloq aholisi 65,1 ming kishi (2004). Xo’jaligi. Tuman da «Xo’jaobodkonserva», «X o’j a o b o d m e v a q u r i t i sh » , «X o’j a o b o d d o n » , «X o’j a o b o d p a x t a t o z a l a sh » , «Xo’jaobod tikuvtrikotaj», «Xo’jaobodpolimeridish» aktsiyadorlik jamiyatlari; O’zbekiston — Bolgariya «Navigul», O’zbekiston — Xitoy «Xo’jaobod DizinDu» qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatadi. MTP, qurilish tashkilotlari mavjud. Tuman hududida neft va gaz olinadi. Zavrak GES bor. Toshkent — O’sh avtomobil yo’lining 36 kilometr tuman hududidan o’tgan. Tuman qishloq xo’jalik, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan, chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 8 paxtachilik va donchilik, 2 bog’dorchilik xo’jaligi, bo’rdoqichilik fermasi, ko’chat etkazishga ixtisoslashgan «ipakchilik» shirkat xo’jaligi, asalarichilik xo’jaligi va parrandachilik fabrikasi bor. 192 fermer xo’jaligi (shu jumladan, o’rmonchilik, baliqchilik Fermer xo’jaliklari) faoliyat ko’rsatadi. 3,1 ming gektar yerga paxta, 2,6 ming gektar yerga bug’doy, 115 gektar yerga kartoshka, 395 gektar yerga yem- xashak, 73 gektar yerga don uchun makkajo’xori, 149 gektar yerga sabzavot, 3 gekta yerga poliz ekinlari va boshqalar ekiladi (2004). Soy, kanal va ariqlardan tashkari tumanning 840 gektar yer maydoni buloq suvlari orqali ta’minlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 1,2 ming qoramol, 1,8 ming qo’y, 16,9 mingdan ziyod parranda, 66 yilqi boqiladi. Xo’jaobod tumanida 32 umumiy ta’lim maktabi (22 ming o’quvchi), litsey, gimnaziya, 4 kasb-hunar kolleji, Mehribonlik uyi, 2 maxsus internat mavjud (2004). Markaziy kutubxona va uning 20 tarmog’i (259 mingdan ziyod kitob), Markaziy bolalar kutubxonasi, Markaziy va 7 qishloq madaniyat uylari, «armug’on» ashula va raqs dastasi faoliyat ko’rsatadi. 5 kasalxona (550 o’rin), qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 15 qishloq vrachlik punkta, 11 felvdsher-akusherlik punkti, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 165 vrach (har 10 ming aholiga 19,7 kishi), 680 o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1998 yildan «Xo’jaobod» (avvalgi nomi «shonli mehnat») tuman gazeta nashr qilinadi (adadi 3600 nusxa).