Xo’jayev Ernafas

Xo’jayev Ernafas (1916.15.5, hozirgi Buxoro viloyati Romitan shahri — 1944.13.11, Polsha, Malaya turka qishlog’i) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan frontda. 717-o’qchi polki (1-belorussiya fronti 48-armiyaning 170-o’qchi diviziyasi)da vzvod komandiri o’rinbosari, starshina. 1944 yil 18 iyulda Polshaning Xaynuvka shahridan shim.Sharqda joylashgan Semenuvka qishlog’i yaqinidagi jangda safdan chiqqan vzvod komandiri o’rnida jangchilarni hujumga boshlagan. Qo’l jangida jasorat ko’rsatgani uchun Qahramon unvoni berilgan (1945 yil 24 mart, vafotidan so’ng). Romitan shahri va Romitan tumanidagi qishloqlardan birida byusti o’rnatilgan. Qishloqdagi o’rta maktabga uning nomi berilgan.