Xonliklar davri (XVI-XIX asrlar)

1500-1601-yillar (Movarounnahrda Shayboniylar sulolasi hukmronligi. Shayboniylar sulolasi: Muhammad Shayboniyxon (1500-1510), Ko’chkunchixon (1510-1530), Abu Saidxon (1530-1533), Ubaydullaxon (1533-1540), Abdullaxon I (1540), Abdulazizxon (1540-1550, Buxoroda), Abdullatifxon (1540-1551, Samarqandda), Baroqxon (1551-1556), Pirmuhammadxon (1557-1561), Iskandarxon (1561-1583), Abdullaxon II (1583-1598), Abdulmo’minxon (1598), Pirmuhammadxon II (1599-1601).

XVI asr – Qashqadaryo viloyatida Bandi Kushod masjidi qurilgan.

1501-yil – Bobur bilan Muhammad Shayboniyxon qo’shinlari o’rtasida Zarafshon bo’yidagi Saripul qishlog’ida bo’lgan jang.

1501-yil – Shayboniyxon Samarqandni yana egalladi.

1502-yil 3-noyabr – Samarqnad shahri markazi yaqinida, Zarafshon daryosining so’l qirg’og’ida pishiq g’ishtdan Zarafshon suvayirg’ich ko’prigi qurilgan.

1503-yil mart – Muhammad Shayboniyxon Xo’jandni egallagan.

1503-yil – Mahmud Sulton boshchiligidagi shayboniylar qo’shinining Xorazmga yurishi; Muhammad Shayboniyxon Arxiyon shahri yaqinida Mo’g’uliston xonlari Mahmudxon, Ahmadxon va ularga ittifoqchi bo’lgan Bobur qo’shinlarini yenggan hamda Toshkent va Shohruxiyani qo’lga olgan.

1503-1525-yillar – Shayboniylardan bo’lgan Toshkent hokimi Suyunchxo’jaxonning hukmronlik davri.

1504-yil bahori – Muhammad Shayboniyxon Farg’onani ishg’ol qilgan.

1504-yil – Bobur Kobulning hukmdori.

1505-yil 22-avgust – Shayboniyxonning 10 oylik qamaldan so’ng Xorazm poytaxti – Ko’hna Urganchni egallashi; Husayn Boyqaroning Xorazmdagi noibi Chin So’fining xiyonotkorona o’ldirilishi.

1506-yil 5-may – Sulton Husayn Boyqaroning vafoti.

1506-yil iyun – Xuroson taxtiga aka-uka Badiuzzamon va Muzaffar Husayn Mirzolar o’tirganlar.

1506-yil kuzi – Muhammad Shayboniyxonning Balxni egallashi.

1506-yil – Badiuzzamonning Muhammad Shayboniyxonga qarshi Murg’obga qo’shin tortishi.

1507-yil 20-may – Muhammad Shayboniyxonning Hirotni egallashi.

1507-yil – Muhammad Shayboniyxon Jom yaqinida temuriylar qo’shinini yenggan. Temuriylar sulolasining hokimiyatdan ketishi.

1507-yil – Pul islohoti o’tkazilgan.

1507-yil – Shayboniyxon Xurosonni egalladi.

1510-yil – Muhammad Shayboniyxonning Ismoil I Safaviy bilan Marv yaqinida bo’lgan jangda halok bo’lishi.

1510-yil – Xorazmning Ismoil I Safaviy qo’liga o’tishi.

1510-1530-yillar – Shayboniylar Ko’chkunchixonning hukmronlik davri.

1511-yil – Boburning Ismoil I Safaviy bilan ittifoqi; Hisor, Buxoro va Samarqandni ishg’ol qilishi.

1511-1770-yillar – Xiva shayboniylari hukmronligi davri. Elbarsxon asos slogan mustaqil Xiva xonligining vujudga kelishi. Xiva xonlari: Elbarsxon (1511-1516), Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), So’fiyonxon (1516-1522), Bujaqaxon (1522-1526), Avaneshxon (1526-1538), Alixon (1538-1547), Aqatoyxon (1547-1556), Yunusxon (1556-1557), Do’stxon (1557-1558), Hoji Muhammad (Hojimxon) (1559-1602), Arab Muhammadxon (1602-1623), Elbars va Habash sulton (1623), Asfandiyorxon (1623-1643), Abulg’oziy Bahodirxon (1643-1663), Anushaxon (1663-1686), Arang Muhammadxon (1686-1687), Xudoydodxon (1687-1688), O’zbekxon-Arnakxon (1688-1690), Jo’ji sulton (1694-1697), Valixon (1697-1699), Shohniyozxon (1699-1702), Shohbaxtxon (1702-1703), Sayid Alixon (1703-1705), Musaxon (1705-1706), Yodgorxon (1706-1713), Sherg’ozixon (1414-1728), Elbarsxon (1728-1739), Tohirxon (1739-1740), Nuralixon (1740-1742), Abulg’ozixon II (1742-1746), G’oyibxon (1746-1756), Qorabayxon (1756-1757), Temurg’ozixon (1757-1764) va boshqalar.

1512-yil 28-aprel – Ko’li Malik jangi (Bobur bilan Ubaydullaxon boshhilik qilgan shayboniylar o’rtasidagi jang). Bu jangda Ubaydullaxon g’alaba qilgan.

1512-yil sentabr-oktabr – Qarshi qamali. Shoir Binoiyning safaviylar tomonidan o’ldirilishi.

1512-yil 24-noyabr – G’ijduvon jangi (Eron safaviylari va Bobur qo’shini bilan Ubaydullaxon boshchilik qilgan shayboniylar o’rtasidagi jang). Bu jangda ham Ubaydullaxon g’alaba qozongan.

1512-1514-yillar – Toshkent hokimi Suyunchxo’jaxon bilan Sharqiy Turkiston xoni Sulton Saidxon o’rtasida Farg’ona uchun kurash. Farg’ona shayboniylar qo’liga o’tgan.

1512-yil – Boburni Shoh Ismoil I yordamida Samarqandni 3-marta qo’lga kiritishi (8 oy hukmronlik qilgan).

1513-yil – Shayboniylar qo’shinidan yengilgan Bobur Mirzo Movarounnahrni butunlay tark etgan.

1513-yil – Shayboniylar bilan qozoq sultonlari (Qosimxon) o’rtasida Sirdaryo bo’yi shaharlari uchun kurash; Shayboniylardan Muhammad Temur Sulton va Ubaydullaxon) larning Marvi Shohijahonni olishlari.

1515-yil – Ko’chkunchixon o’tkazgan pul islohoti.

1515-1520-yillar – Kobul shahrida Bobur tomonidan Bog’i Bobur barpo etilgan.

1521-yil – Muhammad Temur Sultonning Samarqandda vafot etishi.

1522-1603-yillar – Boburning qizi, O’rta asr Sharqida birinchi tarixchi ayol, “Humoyunnoma” muallifi Gulbadan Begim yashagan davr.

1525-yil – Boburning Hindistonga yurishi.

1526-yil – Sultonali Samarqandiy “Dastur al-iloj”, “Muqaddimati dastur al-iloj” (“Davolash bo’yicha dastur”) asarlarini yozgan.

1526-1530-yillar – Boburning Shimoliy Hindistonda Boburiylar davlatiga asos solinishi.

1526-1858-yillar – Boburiylar sulolasi Hindistonda hukmronlik qilgan davr. Boburiylar sulolasi: Bobur (1526-1530), Humoyun (1530-1539; 1555-1556), Akbar (1556-1605), Jahongirshoh (1605-1627), Shoh Jahon (1627-1658), Avrangzeb Olamgir (1658-1707), Bahodirshoh I (1707-1712), Jahondorshoh (1712-1713). Farrux Siyar (1713-1719), Muhammadshoh (1719-1748), Ahmadshoh (1748-1754), Olamgir II (1754-1759), Shoh Olam II (1759-1806), Akbar II (1806-1837, Bahodirshoh II (1837-1858).

1528-yil 24-28-sentabr – Shayboniy sultonlar bilan Eron shohi Tasmasp I qo’shinlari o’rtasida Jom viloyatining Zurobod mavzeida Jom jangi bo’lgan. Unda shayboniylar mag’lubiyatga uchragan.

1529-yil 21-oktabr – Ubaydulla Sulton Hirotni egallagan.

1530-yil 26-dekabr – Bobur 47 yoshida vafot etgan va Agradagi Bog’i Oromga dafn etilgan.

1533-yil – Ubaydullaxon davrida poytaxtning Samarqanddan Buxoroga ko’chirilishi.

1533-1540-yillar – Shayboniylar sulolasidan bo’lgan Buxoro xoni Ubaydullaxonning hukmronlik davri.

1534-1598-yillar – Yirik davlat arbobi va harbiy sarkarda Abdullaxon II (Iskandarxonning o’g’li) yashagan va faoliyat ko’rsatgan davr.

1536-yil – Buxoroda Mir Arab madrasasi bunyod etilgan.

1537-yil – Ubaydulloxonning Yorkend xoni Abdurashidxon bilan ittifoq tuzib qozoq va qirg’izlar ustiga yurishi.

1537-1538-yillar – Xorazmning shayboniy sultonlar Abdullatifxon, Ubaydullaxon va Baroqxon tomonidan egallanishi.

1538-yillar – Dinmuhammadxon adoqli turkmlanlar yordamida Urganchni egallab, shayboniylar dorug’asini o’ldirgan.

1540-yil mart-sentabr – Ko’chkunchixonning o’g’li Abdullaxon I ning Movarounnahrda 6 oylik hukmronlik davri.

1540-1550-yillar – Buxoroda Abdulazizxon (Ubaydullaxonning o’g’li)ning hukmronlik davri.

1540-1551-yillar – Samarqandda Abdullatifxon (Ko’chkunchixonning o’g’li) ning hukmronlik davri.

1540-yil – Baroqxonning Buxoroni egallashi.

1540-1589-yillar – Mashhur tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriy yashab o’tgan davr.

1541-yil – Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy ilmi tib va dori darmonlar haqida kitob yozgan

1541-1545-yillar – Qaffol Shoshiy maqbarasining qurilishi (me’mor – G’ulom Husayn).

1541-1546-yillar – Tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar Abdurashidxonga bag’ishlab “Tarixi Rashidiy” asarini yozgan.

1544-yil – Shohali ibn Sulaymon Kahhol Toshkent hokimi Baroqxonning Farmoniga ko’ra tibga oid “Zubdai manzuma” (“Nazmlar sarasi”) asarini yozgan.

1545-1550-yillar – Said Muhammad Tohir ibn Abdulqosim “Ajoyib ut-tabaqot” asarini yozgan.

1549-yil – Xivada Uch avliyo majmuasi qurilgan.

XVI asrning 40-yillari – Buxoro xonligida shayboniylarga qarshi ko’tarilgan Bobo Mirak qo’zg’oloni.

XVI asrning 1-yarmi – Katta Langar qishlog’ida (hozirgi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida) Langarota masjidi va maqbarasi bunyod etilgan.

1550-yil – Muhammad Amin ibn Ubaydullo Mo’minobodiy “Hisobi amali shabaka” (“Shabaka jadvali amali hisobi”) asarini yozgan.

1551-1556-yillar – Movarounnahrda Suyunchxo’jaxonning o’g’li Navro’z Ahmadxon (Baroqxon)ning hukmronlik davri.

1551-1575-yillar – Davlat arbobi Qulbobo Ko’kaldosh tomonidan Buxoro, Balx, Samarqand va Toshkentda 4 ta madrasa qurilgan. Bu madrasalar Ko’kaldosh madrasasi nomi bilan mashhur.

1552-yil – Abdulla Sulton shayboniy Qilichqora sultonni yengib Nasafni egallagan.

1552-1557-yillar – Buxoroda shayboniylardan Burhon Sulton xonligi davri.

1554-1580-yillar – Karmanda Hazrati Qosimshayx xonaqohi, Buxoroda Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon va Kitobfurushon qurildi.

1556-1580-yillar – Karmanada Hazrati Qosimshayx xonaqohi, Buxoroda Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon va Kitobfurushon qurildi.

1556-1578-yillar – Toshkentda shayboniylardan Darveshxonning hukmronlik davri.

1557-yil – Abdulla sultonning Buxoroni egallashi.

1557-1598-yillar – Abdullarxonning Balx (1573), Shahrisabz, Qarshi, Hisor (1574), Urganch (1575), Samarqnad va Toshkent (1576), Farg’onani (1577) zabt etishi.

1558-yil – Buxoro va Xivaga rus podshosining elchisi bo’lib ingliz tijoratchisi va diplomati A.Jenkinsonning kelishi; Buxoroda mavlono Mir Muftiy kutubxonasi qurilgan.

1558-1567-yillar – Xivada Yangiariq va Toshliyormish kanallari qazilgan.

1558-yil – Moskvaga Buxorodan A’zam Aziz o’g’li elchi bo’lib borgan.

1559-yil-1602-yillar – Xivada Hojimxon hukmronligi, Eron va Moskva davlati bilan elchilik va savdo munosabatlarining yo’lga qo’yilishi.

1561-yil – Abdulla sulton tomonidan otasi Iskandarxonning xonlar xoni deb e’lon qilinishi. Buxoro – Shayboniyxonlar davlati poytaxti. Hokimiyatni amalda Abdullaxon II boshqargan.

1566-1567-yillar – Buxoroda Abdullaxonning onasi sharafiga Modarixon madrasasi qurilgan.

1568-yil – Toj us-Sa’idiy “Hoshiya li sharhi ashkoli ta’sis” (“Asoslash shakllari sharhiga izoh”) ni yozgan.

1568-1569-yillar – Buxoroda Qulbobo Ko’kaldosh tomonidan Ko’kaldosh madrasasi qurilgan.

XVI asrning ikkinchi yarmi – Toshkentda Baroqxon madrasasi qurilgan.

XVI asrning ikkinchi yarmi – No’g’ay xonligi 3 qismga (Katta o’rda, Kichik o’rda va Oltiul o’rdasi) bo’linib ketgan.

1570-yil – Amudaryo o’z o’zanini o’zgartirib, Kaspiy dengizining o’rniga Orol dengiziga quyila boshlagan.

1572-yil – Abdullaxon elchilarini Hindistonga borishi.

1574-yil – Samaqandda Juvonmard Alixon tomonidan katta hammom qurilgan.

1576-yil – Buxoro viloyatidagi gidrotexnika inshooti – Zarafshon daryosi ustidagi Mehtar Qosim ko’prigi qurilgan.

1577-yil – Abdullaxon elchilarini Hindistonga borishi.

1577-1578-yillar – Buxoroda eng katta usti berk savdo rastasi – Abdullaxon timining qurilishi.

1577-1578-yillar – Mirdo’stim madrasasi qurildi. Boniysi (quruvchisi) Abdullaxonning kuyovi Muhammad Aminbiy ibn Muhammad Nafas.

1580-yil – Govkushon madrasasi (31 hujrali) qurildi. Quruvchisi Nosiriddin Xoja Abubakr, Sa’d Xojai Kalon.

XVI-XVII asrlar – O’zbekiston miniatyura san’atidagi o’ziga xos yo’nalish – Buxoro miniatyura maktabi shakllangan.

1582-yil – Uch darvozali Timi Kalon qurildi. Boniysi Abdullaxon II.

1583-1598-yillar – Abdullaxon II Buxoro xonligini boshqargan

1583-1600-yillar – Buxoroda 5 marotaba, Xivadan 2 marta elchilarni Moskvaga borishi.

1584-yil – Abdullaxon II ning Badaxshonni zabt etishi; Buxoroda Abdullaxon chorbog’i qurilgan.

1584-yil – Xoja Zayniddin masjidi qurildi. Boniysi Do’stum Chuhra odasi.

1584-1588-yillar – Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan fors tilida Movarounnahrning XVI asrdagi tarixiga bag’ishlangan tarixiy asar – “Abdullanoma” (“Sharafnomai shohiy”) yozilgan.

1585-yil – Do’stum madrasasi qurildi.

1586-yil – Fathulla qushbegi madrasasi (45 hujrali) qurildi.

1586-yil 23-avgust – Hindiston elchisining Buxoroga yuborilishi.

1587-yil – Buxoroda Chorsu bunyod etilgan. Karmana yaqinida Ko’hak daryosi ustiga ko’prik qurilgan.

1588-yil – Toshkentda Abdullaxon II ga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan. Hirot 10 oylik qamaldan so’ng Abdullaxon II ga taslim bo’lgan. Abdullaxon II bilan o’g’li Abdulmo’min orasida ziddiyatning kuchayishi.

1588-1590-yillar – Buxoroda Abdullaxon madrasasining qurilishi.

XVI asrning 80-yillari – Abdullaxon II tomonidan Abdullaxon bandi nomli suv inshooti qurilgan.

1589-yil – Abdullaxon II ning elchisi Muhammad Ali Rossiyaga kelgan.

1590-1591-yillar – Qarshi namozgohi qurilgan; Buxoroda vabo tarqalishi.

1593-1594-yillar – Xorazmning Abdullaxon II tomonidan tobe ettirilishi.

1595-yil – Xiva turkmanlar yordamida yana mustaqil bo’lgan.

1595-1596-yillar – Xiva sultonlarining Abdullaxon II ga qarshi isyon va Abdullaxon II ning Xorazmga yurishi, Hazoraspni egallashi.

1597-yil – Toshkent shahrini qozoq xoni Tavakkal egallagan.

1598-yil 8-fevral – Abdullaxon II ning vafoti.

1598-yil fevral-avgust – Abdulmo’minxon Buxoro xoni.

1598-1599-yillar – Buxoroda Fayzobod xonaqohi qurilgan.

1598-1602-yillar – Shahrisabzdagi Chorsu yodgorligi qurilgan.

1599-yil 13 avgust – Hirotdan 4 farsax narida Puli Salorda qizil boshlar qo’shini Dinmuhammadxonni mag’lub etgan.

1599-1601-yillar – So’nggi Shayboniylardan Pirmuhammadxon davri.

1601-1605-yillar – Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasining birinchi vakili Boqi Muhammadxon hukmronlik qilgan davr.

1601-1756-yillar – Ashtarxoniylar (joniylar) davlati hukm surgan davr. Movarounnahrni idora etgan ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi: Boqi Muhammadxon (1601-1605), Vali Muhammadxon (1601-1605), Vali Muhammadxon (1605-1611), Imomqulixon (1611-1642), Nadr Muhammadxon (1642-1645), Abdu Lazizxon (1645-1680), Subxonqulixon (1680-1702), Ubaydullaxon II (1702-1711), Abulfayzxon (1711-1747), Abdulmo’minxon (1747-1751), Abdulmo’minxon (1747-1751), Ubaydulloxon III (1751-1754), Sherg’ozi (1754-1756).

1602-yil – Ataman Aborkin boshchiligida 1000 kishilik Yoyiq kazaklarining Xivaga chopquni.

1602-yil – Boqi Muhammadxon Amudaryo bo’yidagi Puli Xataba degan joyda Eron shohi Abbos I qo’shinini tor-mor qilgan.

1602-yil – Boqi Muhammad Balxni kuch bilan bo’ysundirgan.

1602-1623-yillar – Arab Muhammadxonning Xiva xonligidagi hukmronligi. To’qqal’a oldida kanal qazilishi.

XVII asr boshlari – Amudaryo o’zani o’zgarishi bilan xonlik poytaxti Urganchdan Xivaga ko’chirilgan.

XVII asr boshlari – No’g’aylar jung’orlar (qalmiqlar) tomonidan tor-mor etilgach, ular Qrimga ko’chib ketishga majbur bo’lganlar.

1603-yil 23-avgust-1664- aprel – Xorazmlik tarixchi, davlat arbobi Abulg’ozi Bahodirxon yashab o’tgan davr.

1603-yil-1604-yil-qishi – Qalmoqlarning Xorazmga hujumi.

1603-yil – Ataman Nechay boshliq Yoyiq kazaklarining Xiva xonligiga bosqini; Urganchning talon-taroj etilishi.

1603-Boqi Muhammad Balxga hujum qilgan eroniylar yenggan.

1604-yil – Boqi Muhammad qozoq xoni Keldi Muhammadning qo’shinini mamlakat hududidan haydab chiqargan.

1605-1611-yillar – Buxoroda ashtarxoniylardan Vali Muhammadxon hukmronlik qilgan davr.

1605-yil – Balxda Shohbek Ko’kaldosh zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tarilishi.

1611-1642-yillar – Buxoroda ashtarxoniylardan Imomqulixon hukmronlik qilgan davr.

1611-yil bahori – Vali Muhammadxon fitnachilar (Nodir Muhammad, Imomquli) bilan bo’lgan jangda yengilib Eronga, Shoh Abbos huzuriga qochgan.

1611-yil avgust – Vali Muhammadxonning 80 minglik qizilboshlilar qo’shini bilan Samarqand yaqinidagi Bog’i Shamolda Imomqulixon bilan bo’lgan jangda yengilishi, asir tushishi va qatl etilishi.

1611-yil – Imomqulixonning Sirdaryoning quyi oqimi bo’yidagi qoraqalpoqlar ustiga yurishi.

1612-yil – Imomqulixon Toshkentni egallab, o’g’li Iskandarga topshirgan; Samarqanddagi Qozi Soqi madrasasi qurilgan.

1613-yil – Toshkent shahri aholisining qo’zg’oloni va Imomqulixonning shahar aholisini qirg’in qilishi

1614-1615-yillar – Imomqulixon Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazittirgan.

1616-yil – Xivada Arab Muhammadxon madrasasi qurilgan.

1616-yil – Arab Muhammadning o’g’illari Habash sulton va Elbars sultonlarning isyoni.

1619-1620-yillar – Buxoro xoni Imomqulixon Rossiyaga Odambiy rahbarligida elchilarni yuborgan.

1619-1636-yillar – Samarqanddagi Sherdor madrasasi qurilgan.

1620-yil – Axsikat qattiq zilziladan vayron bo’lgan.

1620-1621-yillar – Buxoroda Nodir devonbegi xonaqosi qurilgan.

1620-1622-yillar – Rus podshosi M.F.Romanov Buxoro xoni Imomqulixon huzuriga boyar I.D.Xoxlov boshchiligida diplomatik missiyani yuborgan.

XVII asr – Namangan shahrining manbalarda uchray boshlashi.

1621-yil – Asfandiyorxon va Abulg’ozi sulton isyonlari.

1622-1623-yillar – Buxoroda Nodir devonbegi madrasasi qurilgan.

1623-1643-yillar – Xiva xonligida Asfandiyorxon hukmronligi.

1619-1936-yillar – Yalangto’shbiy mablag’iga Sherdor madrasasi qurildi.

1627-yil – Abulg’ozi sultonni Turkiston hukmdori Eshimxon dargohiga qochib borishi.

1629-yil – Abulg’ozi sulton Eshimxon vafotidan so’ng Toshkent hokimi Tursunxon huzuridan panoh topgan.

1630-1631-yillar – Samarqandda Nodir devonbegi madrasasi qurilgan.

1630-1639-yillar – Abulg’ozi sulton 10 yil Eronda tutqunlikda yashagan.

1633-1634-yillar – Imomqulixon Farmoni bilan Qo’shqo’rg’on mavzeida kanal qurilishi.

1636-yil – Mahmud ibn Vali “Bahr ul-asror” (“Sirlar dengizi”) asarini yozgan.

1640-1711-yillar – Shoir va mutafakkir Mashrab yashagan davr.

1641-1646-yillar – Samarqand hokimi Yalanto’shbiy Bahodir tomonidan Registon maydonida Tillakori madrasasi va Jome masjidi qurilgan.

1643-yil – Qalmoqlarning Turkiston va Toshkentga bosqinchilik yurishi.

1643-yil – Orol o’zbeklari tomonidan Abulg’ozi Bahodirxonning xon qilib ko’tarilishi.

1645-yil – Xo’jandda Nadr Muhammadxonga qarshi amirlar isyoni.

1645-1647-yillar – Boburiylar Balxni egallab, uni 2 yil idora etishgan.

1645-1681-yillar – Buxoroda Abdulazizxon hukmronligi.

1645-1724-yillar – Shoir So’fi Ollohyor hayoti va faoliyati.

1646-yil – Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahriga asos solinishi va Ko’hna Urganch shahri aholisining bu shaharga ko’chirilishi.

1647-yil 14-iyun – Balx yaqinidagi Temurobod mavzeida Buxoro qo’shinlari bilan boburiylar o’rtasida jang bo’lgan.

1652-yil – Buxoroda Abdulazizxon madrasasi qurilgan.

1655-yil – Abulg’ozi Bahodirxonning Buxoro vohasiga chopquni va Qorako’lni vayron qilib qaytishi.

1657-yil – Xivada Anushaxon hammomi qurilgan.

1657-1658-yillar – Abulg’ozining Karman ava Vardonzega bosqini.

1657-1658-yillar – Abulg’ozining Karman ava Vardonzega bosqini.

1657-1662-yillar – Buxoroda Abdulazizxon madrasasi qurildi.

1662-yil – Xivaliklar bosqini Buxorogacha yetib kelgan.

1663-yil – Abulg’ozixon Buxoro xonligi ustiga yetti marta yurish uyushtirgan. Qorako’l, Chorgjuy, Vardonze tumanlarini talab qaytgan.

1663-1686-yillar – Xivada Anushaxonning hukmronlik davri.

1669-1671-yillar – Elchi aka-uka Pazuxinlarning Buxoro xonligida bo’lishi.

1670-1680-yillar – Jung’orlarning Buxoro xonligiga hujumi, Zarafshon vodiysi, xususan Buxoro va Samarqandning xarobazorga aylanishi.

1678-yil – Boboxoja ibn Xoja Orif Samarqandiy falakiyot, ilmi hay’at haqida maxsus bir risolar yozgan

XVII asrning II yarmi – Buxoro zindoni qurilgan.

1681-yil – Qoraqalpoqlarning Subhonqulixonga qarshi qo’zg’oloni.

1681-yil – Xorazmda Kat va Vazir shaharlarining huvillab qolishi.

1681-il – Xiva xonligida Shohobod kanali qazilgan.

1681-1682-yillar – Anushaxonni Buxoro xonligi yerlariga hujumi.

1681-1702-yillar – Ashtarxoniylardan bo’lgan Buxoro xoni Subhonqulixonning hukmronlik davri.

1685-yil – Xivaliklarning Buxoro xonligi yerlariga chopquni va G’ijduvon, Hazora va boshqa tumanlarni egallashi.

1686-yil – Anushaxon Samarqand va Shahrisabzni bosib olgan.

1686-yil – Anushaxonga qarshi fitna uyushtirilishi, uning ko’ziga mil tortilishi va taxtdan tushirilishi.

1686-1687-yillar – Xiva xoni Arang Muhammadxonning hukmronligi davri. Ko’hna Arkda Ko’rinishxona binosi qurilgan.

1688-yil – Subhonqulixonning Xorazmni zabt etilishi va uning noibi Shohniyozning taxtga o’tqazilishi.

1688-1702-yillar – Xiva xonligini Shohniyozxon idor qilishi.

1688-yil – Xivadagi Xo’jamberdibiy madrasasi qurilgan.

1691-yil – Mahmudbiy Qatag’onning Badaxshonga yurishi.

1692-yil – Muhammad Badi’ Samarqandiy yozgan “Tazkira” da shu asrda yashagan 165 nafar ijodkor nomi tilga olingan.

1700-yil – Shohniyoz jo’natgan elchining Rossiyaga borishi.

1701-yil – Xivadagi Pahlavon Mahmud majmuasi qurilgan.

1702-1711-yillar – Ashtarxoniylar sulolasidan bo’lgan Buxoro xoni Ubaydullaxon II ning hukmronlik davri.

1702-1714-yillar – Xiva xoni Arab Muhammadxonning hukmronlik davri.

1703-yil noyabr – Mahmudbiy Qatag’onning Termiz qo’ng’irotlari ustiga yurishi.

1704-1705-yillar – Sherobod shahar-qal’asiga asos solinishi.

1706-yil – Mahmud Qatag’onning Balxning egallab olishi.

1707-yil – Ubaydullaxoning Balxga yurishi.

1708-1709-yil – Buxoroda pul islohoti o’tkazilishi. Bunga qarshi xalq g’alayonlari ko’tarilishi.

1709-yil – Mustaqil Qo’qon xonligi vujudga kelgan.

Taxminan 1709-1721-yillar – Minglar sulolasi Qo’qon xonligida hukmronlik qilgan davr. Minglar sulolasi: Shohruxbiy (1709-1721), Abdurahimbiy (1721-1733), Abdulkarimbiy (1733-1750), Abdurahmon (1750-1751), Erdonabiy (1751-1752; 1753-1766), Bobobek (1752-1753), Sulaymonbek (1766), Norbo’tabiy (1766-1801), Olimxon (1801-1810), Umarxon (1810-1822), Muhammad Alixon (1822-1841), Sulton Mahmud (1841-1842), Sheralixon (1842-1845), Murodxon (1845), Xudoyorxon (1845-1858; 1863; 1865-1875), Mallaxon (1858-1862), Shoh Murodxon (1862-1863), Sulton Murodxon (Sulton Sayidxon) (1863-1865), Nasriddinbek (1875-1876).

1711-yil 17-mart – Ubaydullaxon II ning fitnachilar tomonidan o’ldirilishi.

1711-1747-yillar – Buxoroda Abulfayzxon hukmronligi.

1712-yil – Samarqand aholisining shahar hokimi Sulton To’qsabo zulmiga qarshi qo’zg’oloni.

1712-yil – Buxoro Registoni g’arbida Bolohovuz masjidi qurilgan.

1712-yil – Sirdaryo bo’yi qoraqalpoqlari Eshmuhammad (Eshimxon) boschiligida davlatga birlashdilar.

1714-1716-yillar – Pyotr I ning farmoni bilan Turkistonga josuslik maqsadida harbiy Buxgols ekspeditsiyasi yuborilgan.

1714-1717-yillar – Pyotr I tomonidan Amudaryoning quyi oqimi sohiliga A.Berkovich-Cherkasskiy boshliq harbiy ekspeditsiyasining yuborilishi.

1715-1727-yillar – Xiva xoni Sherg’ozixonning hukmronlik davri.

1716-yil-1717-yil may – Xonquli to’pchiboshi boshchiligidagi Abulfayzxon elchilarining Moskvaga borishi.

1717-yil 29-avgust – knyaz Bekovich-Cherkasskiyning qatl etilishi.

1717-yil 26-oktabr – Pyotr I Buxoro elchisini qabul qilishi.

1718-yil – Balx hokimi Muhammadxonga qarshi xalq qo’zg’oloni.

1718-1725-yillar – O’rta Osiyoga Florio Beneveni elchiligi.

1719-1726-yillar – Xivadagi Sherg’ozixon madrasasi qurilgan.

1720-yil – Moskvaga Avaz Muhammad elchiligi.

1720-yil – Qo’qonda Madrasai Kamol qozi madrasasi qurilgan.

1720-yil – Qo’qonda Madalixon madrasasi qurilgan.

1721-yil – Eshmuhammadxon Rossiyaga o’z elchilarini yuborgan.

1721-1733-yillar – Qo’qon xoni Abdurahimbiy hukmronligi.

1721-yil – Rossiya hukumati D.T.Vershininni qoraqalpoqlar yurtiga elchi qilib jo’natgan.

1722-yil 23-dekabr – Ibrohimbiy kenagas Samarqandda Rajabxonni taxtga o’tqazgan.

1722-yil – Qoraqalpoqlarning biyi Eshim Muhammad (Eshmuhammad) ning Rossiya bilan tinchlik va do’stlik munosabatlari o’rnatish haqidagi muzokaralari.

1722-1723-yillar – Jung’orlarning O’rta Osiyoga hujumi.

1723-yil bahori – Qalmoqlar (jung’orlar) xoni Sevan Rabtanning qozoqlarni tor-mor qilishi. Qozoqlarning Movarounnahrga yoyilib ketishi va 7 yil davomida Zarafshon vohasini talon-taroj etishi.

1723-yil – Jung’orlarni Sirdaryo bo’yi qoraqalpoqlariga hujumining boshlanishi. Qoraqalpoqarning uch guruhga bo’linib ketishi (1-guruh Xitoy, Afg’on eliga ko’chgan, 2-guruh O’rta Osiyo dashtlariga, 3-guruh hozirgi Qoraqalpog’istonga).

1723-1758-yillar – Toshkent jung’orlar hukmronligi ostida.

1725-1726-yillar – Abdurahimbiyning Xo’jand va O’ratepani tobe etishi.

1726-yil – Qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o’z elchilarini yuborgan. Uning tarkibida qoraqalpoqlar ham bo’lgan.

1728-1739-yillar – Xiva xoni Elbarsxonning hukmronlik davri.

1731-yil – Kichik Juzning Rossiya imperiyasi panohiga o’tishi.

1733-1750-yillar – Qo’qon xoni Abdulkarimbiy hukmronligi.

1735-yil – Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlari markaziy hokimiyatni tan olganlar.

1736-1737-yillar – Eron shohining Balx viloyatining egallashi.

1739-yil 9-noyabr – Orenburgdan Toshkentga 1-rus savdo karvonining kirib kelishi.

1740-yil – Eron shohi Nodirshohning Buxoroni zabt etishi. Abulfayzxonni unga vassal bo’lib qolishi.

1740-yil – Nodirshoh Arsharning Xiva xonligini zabt etishi.

1740-yil – Eski O’rda (Qo’qon)da shaharga asos solinishi, saroy qurilishi. Qo’qon shahri barpo qilingan

1740-yil – Xivaliklarning eronliklarga qarshi qo’zg’oloni. Xiva taxtini Abulxayrxonning o’g’li Nurali egallagan.

1745-yil – Ibodulla xitoy boshchiligida Abulfayzxonga qarshi xalq qo’zg’oloni.

1745-yil – Qo’qon xonligining qalmoqlar hujumidan himoya qilinishi.

1747-yil – Muhammad Rahim otaliq tomonidan Abulfayzxonning qatl ettirilishi.

1747-yil 21 iyun-1751-yillar – Abdulmo’minxonning nomigagina Buxoro xonligini idora etishi. Amalda hokimiyat mang’itlardan Muhammad Rahim otaliq qo’lida bo’lgan.

1747-yil – Nodirshohga qarshi qo’zg’olon va Xiva xonligi mustaqilligining tiklanishi.

1751-1754-yillar – Ubaydullaxon III-Buxoroning “qo’g’irchoq” xoni.

1753-yil – Rus savdogari D.Rukavkin savdogarlar karvoni bilan Xiva va Buxoroga kelib ketgan.

1754-yil – Ernazar elchini Rossiya podshosi Yelizaveta saroyida qabul qilinishi.

1754-1756-yillar – Sherg’ozi-Buxoroning “qo’g’irchoq” xoni.

1755-1759-yillar – Sin imperiyasi Sharqiy Turkistonni o’ziga bo’ysindirdi.

1756-yil dekabr-1758-yil – Mang’itlardan Buxoro xoni Muhammad Rahimxonning hukmronlik davri. Mang’itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.

1756-1920-yillar – Buxoro amirligidagi mang’itlar sulolasi hukmronlik qilgan davr. Mang’itlar sulolasi: Muhammad Rahimxon (1756-1758), Fozilto’ra (amalda Muhammad Doniyolbiy otaliq, 1758-1785), Shohmurod (1785-1800), Haydar (1800-1826), Mir Husayn (1826), Nasrullo (1826-1860), Muzaffarxon (1860-1885), Abdulahadxon (1885-1910), Olimxon (1910-1920).

1758-yil – Buxoroda “yetti qabila” qo’zg’oloni va Muhammad Doniyolbiy otaliq tomonidan uning bostirilishi.

1758-1759-yillar – Qo’qon xonligining Sharqiy Turkistonga harbiy yurishi.

1758-1785-yillar – Buxoro amiri mang’itlardan Muhammad Doniyolbiyning hukmronlik davri.

XVIII asrning 2-yarmi – Toshkentda Chorhokimlik davri; Buxoro zindoni qurilgan; Qoraqalpoqlarning Sirdaryo sohillaridan Janadaryo va Quyi Sirdaryoga ko’chirilishi.

XVIII asrning 60-yillari – Xiva xonligida Amudaryo kanali qazilib, Kenagas qishlog’igacha keltirilgan.

XVIII-XIX asrlar – Xivada Abdolbobo maqbarasi qurilgan.

1765-yil – Xivada Muhammad Amin inoq maqbarasi qurildi.

1768-yil – Afg’onistonda mahalliy o’zbeklar qo’zg’oloni.

1768-1769-yillar – Xorazmda vaboning tarqalishi.

1769-yil – Ahmadshoh Durroniy bilan Buxoro o’rtasida tinchlik shartnomasi.

1770-1790-yillar – Muhammad Amin inoqning Xiva xonligini “qo’g’irchoq” xonlar nomidan amalda idora qilishi.

1770-1920-yillar – Xiva xonligida Qo’ng’irotlar sulolasining hukmronlik davri. Qo’ng’irotlar sulolasi. Muhammad Amin inoq (1770-1790), Avaz Muhammad inoq (1790-1804), Eltuzarxon (1804-1806), Muhammad Rahimxon I (1806-1825), Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1842-1845), Muhammad Aminxon (1846-1855), Abdullaxon (1855-1856), Qutlug’ Murodxon (1856), Said Muhammadxon (1856-1864), Muhammad Rahimxon II – Feruz (1864-1910), Asfandiyorxon (1910-1918), Said Abdullaxon (1918-1920).

1774-yil – Ernazar Maqsud o’g’li Buxoro amirligining rasmiy elchisi sifatida Ashtarxonga kelishi.

1774-1780-yillar – Buxorolik savdogar Ernazar Maqsud o’g’li (Ernazar elchi)ning Rossiya va Turkiya bilan bog’langan elchilik faoliyati.

1775-yil 27-mart – Ernazar elchini Rossiya hukumati boshlig’i, kansler N.Panin qabul qilgan.

1775-yil 5-aprel – Ernazar elchini Yekaterina II qabul qilgan.

1777-1855-yillar – Buxoro Xalifa Xudoydod me’moriy majmuasi qurilgan.

1778-1821-yillar – Shoir, tarixchi, ma’rifatparvar Munis Xorazmiy yashagan.

1779-1845-yillar – O’zbek shoirasi, ma’rifatparvar Uvaysiy (Jahon otin) yashagan.

1779-yil – Polvonquli qo’rchi boshchiligidagi Buxoro elchilarining Rossiyada bo’lishi.

1780-yil aprel – Ernazar elchini Yekaterina II qabul qilgan.

1782-yil – Buxoroliklarning Xorazmga hujumi.

1784-yil – Yunusxo’ja tomonidan Chorhokimlikka barham berilishi.

1784-1810-yillar – Mustaqil Toshkent hokimligi.

1785-1800-yillar – Buxoro amiri Shohmurodning hukmronlik davri.

1786-yil – Toshkentlik savdogarlar V.Ismoilov va Azizxo’jalarning Irbit yarmarkasiga borishi.

1786-1790-yillar – Buxoro amiri Shohmurodning Marvni bo’ysundirish uchun olib borgan urushlari.

1787-1822-yillar – Qo’qon xoni va shoir Amir Umarxon (Amiriy) yashagan davr.

1789-yil – Afg’onistonda mahalliy o’zbeklarning 2-qo’zg’oloni. Afg’oniston-Buxoro sulh shartnomasi: Amudaryo har ikki davlat o’rtasidagi chegara deb tan olindi.

1789-yil – Qo’qonda Xonxo’ja eshon madrasasi qurilgan.

1792-yil – Muhammadxo’ja va Azizxo’ja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo’natildi.

1792-yil – Toshkent beki Yunusxo’janing Yekaterina II ga elchi yuborishi.

1792-1842-yillar – Shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi Nodirabegim (Mohlaroyim) yashagan davr.

1794-yil – Sibir ma’muriyati A.T.Beznosikov va T.S.Bunashevlarni elchi qilib Toshkentga jo’natishi.

1795-yil – Qo’qonda Hakimto’ra madrasasi qurilgan.

1795-yil – Buxoroda Ernazar elchi madrasasi qurilgan.

1795-yil – Eshmuhammad Boykish o’g’li boshchiligidagi Buxoro elchilarining Rossiyada bo’lishi.

1795-yil sentabr – Toshkent savdo karvoni Semipalatinskka kelgan.

1796-yil – Yunusxo’ja Chimkent, Sayram, Oltintepa, Qorabuloq, Sarapan kabi shahar va qishloqlarni, Katta juzning usup, sanchqili, sara sarkali qabilalariga qarashli yerlarni Toshkentga qo’shib oldi.

1796-yil – Sibir ma’muriyatining ikkinchi marta Toshkentga elchilar yuborishi.

1796-1797-yillar – Buxoroda Tursunjon madrasasi qurildi.

1799-yil – Qo’qonda Norbo’tabiy madrasasining qurilishi.

1799-yil – Peterburgga Buxoro amirining elchilari Ma’sumxon Mirza Abdurasul o’g’li va mulla Mir Aloviddin kelishi.

1799-yil – Yunusxo’ja Chirchiq bo’yidagi Qorasuv mavzeida Qo’qon qo’shiniga zarba berib, Quramani qo’shib olgan.

1799-1880-yillar – Qoraqalpoq shoiri Kunxo’ja Ibrohim o’g’li yashagan.

XVIII asr – Qoraqalpoqlar yozma adabiyoti shakllandi.

XVIII asrning oxiri – Namanganda mashhur Xo’jamning qabri maqbarasi qurilgan.

1800-yil – Tog’ texniklari Burnashev va Pospelovlarning Rossiyadan Toshkentga sayohati.

1800-yil – Qarshi viloyatida va Kattaqo’rg’onda xalq qo’zg’oloni.

1800-1826-yillar – Buxoroda mang’itlardan amir Haydarning hukmronlik davri.

1801-yil – Qo’qonda Buzrukxo’ja madrasasi qurilgan.

1801-yil – Amir Haydar Aleksandr I huzuriga elchi Eshmuhammadboy Yaxshiboy o’g’lini jo’natgan.

1801-1810-yillar – Minglar sulolasidan bo’lgan Qo’qon xoni Olimxonning hukmronlik davri.

1802-yil – Qo’qonda Pirmuhammad yasovul va Mingoyim madrasasi qurilgan.

1803-yil – G’urumsaroy jangi (Toshkent hokimi Yunusxo’ja bilan Qo’qon xoni Olimbek qo’shinlari o’rtasida bo’lgan jang).

1803-yil – Amir Haydar nomidan Mir Aloviddin Mirmuhammad Amin o’g’li Peterburgga elchi bo’lib borgan.

1803-yil – Qo’qon xonligida Xon, Zarbek kanallari qazildi.

1804-yil – Marvda qo’zg’olon, marvliklarning Zarafshon vohasiga ko’chirilishi.

1804-yil – Tarixchi, sayyoh Abdulkarim Buxoriyning Buxoro elchilari safida Rossiyaga borishi.

1804-yil – Qo’ng’irotlar sulolasining rasman taxtga chiqishi.

1804-1806-yillar – Qo’ng’irotlar sulolasidan bo’lgan 1-Xiva xoni Eltuzarxonning hukmronlik davri; Eltuzarxonning Buxoro xonligida bosqini. Amudaryo bo’yida xivaliklarning yengilishi.

1805-yil – Rasman Qo’qon xonligi deb e’lon qilindi. Olimbek o’zini Olimxon deb atay boshladi.

1805-yil – Qo’qonda Xo’jabek va Oxund devonbegi madrasasi qurilgan.

1806-yil – Namanganda Mavlonbuva maqbarasi qurilgan.

1806-1825-yillar – Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ning hukmronlik davri.

1807-yil – Buxorodagi Chor minor me’moriy obidasi qurilgan.

1807-yil – Xalifa Niyozqul madrasasi qurildi.

1807-yil – Amir Haydar nomidan G’ofurjon Navro’zjon o’g’li va Mirza Muhammad Shariflarning Peterburgga elchiligi.

1809-yil – Xivada Qutlimurod inoq madrasasi qurildi.

1809-yil – Xivada Bog’bonli masjid me’moriy yodgorligi qurilgan.

1809-yil – Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysundirildi.

1809-1874-yillar – Shoir va tarjimon Ogahiy yashagan.

1810-yil – Toshkent hokimligining Qo’qon xonligiga qo’shib olinishi; Toshkent shahrini Qo’qon xoni noibi (beklarbegi) tomonidan boshqarilishi.

1810-1822-yillar – Qo’qon xoni Umarxonning hukmronlik davri.

1811-yil – Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga tobe bo’lishi.

1811-1878-yillar – Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qo’silboy o’g’li (Zivar) yashagan.

XIX asr boshlari – Qoraqalpoqlarning Amudaryo deltasini o’zlashtirilishi.

1812-yil – Samarqand arkining ichida amir Haydar tomonidan Oliy madrasa solingan.

1812-1813-yillar – Qo’qon xonligi bilan Rossiya o’rtasida elchi ayriboshlangan.

1815-yil – Turkiston shahrining Umarxon tomonidan olinishi va Oqmachit qal’asining qurilishi.

1815-yil – Xiva xonligida Qilichniyozoy magistral kanali qazilgan.

1815-yil – Buxoro savdogarlarining 5838 tuyalik 12 karvoni Orenburgga kelgan.

1815-yil – Azimjon Mo’minjon o’g’li bilan Yusuf Ruzvonboy o’g’lini elchi qilib Rossiyaga jo’natilishi.

1816-yil – Mirzo Muhammad Yusufni elchi qilib Rossiyaga yuborilishi.

1816-yil  – Buxoro savdogarlarining 17488 tuyalik 32 karvoni Orenburgga kelgan.

1816-yil – Qo’qon xonligida Yangiariq kanali qazilgan.

1818-yil – Xiva xoni Muhammad Rahimning 1 turkman qabilalari ustiga yurishi.

1818-yil – Umarxonning “amir al-mu’minin” unvonini olishi.

1819-yil – N.Muravyev boshchiligida elchilarning Xivaga kelishi.

1819-1822-yil – Namangan aholisi kuchi bilan Yangiariq kanali qurilgan.

1819-1822-yil – Qo’qon Jome masjidining qurilishi.

XIX asrning 20-yillari – Qo’qon shahridagi Daxmai shohon (Norbo’tabiy va uning avlodlari dafn etilgan) maqbarasi qurilgan.

1820-yil – A.F.Negri missiyasi, Rossiya imperiyasi bilan Buxoro xonligi o’rtasida savdo shartnomasi tuzish maqsadida uyushtirilgan.

1820-yil – Buxoro savdogarlarining 2121 tuyalik 3 karvoni Rossiyaga keldi.

1821-yil – Qozoqlar Qo’qon xonligiga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, Chimkent va Sayramni bir muddat egallab olishgan.

1821-1825-yillar – Buxoro xonligida amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar Miyonqolda qo’zg’olon ko’tarishgan.

1821-1825-yillar – Xiva bilan Buxoro xonligi o’rtasida harbiy harakatlar. Xivaliklar Marvni egallab olishgan.

1822-1842-yillar – Qo’qon xoni Muhammad Alixon (Umarxon va Nodirabegimning o’g’li) hukmronlik qilgan davr; Toshkent viloyatidagi Xonariqning qazilishi.

1824-yil – Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan yuborilgan ingliz josusi Murkroftning Buxoroga kelishi.

1825-yil – Qo’qonda Haqquli mingboshi madrasasi qurilgan.

1825-yil – Sharqiy Turkistonda Jahongirxo’ja qo’zg’oloni.

1825-1842-yillar – Xiva xonligida Olloqulixon hukmronligi davri. Xonlikning kuchayishi.

1826-1827-yillar – Marvdagi turkmanlarning sariq qabilasi Xivaga qarshi qo’zg’olon ko’tarishgan.

1826-1860-yillar – Buxoroda amir Nasrullaxonning hukmronlik davri.

1827-yil – Qobilbekbiy qirq boshchiligidagi Buxoro amiri elchiligi Eronga keldi.

1827-yil – Boltaqulbek Chig’atoybegi boshliq Buxoro amiri elchiligi Turkiyaga kelgan.

1826-1828-yillar – Qoraqalpoqlarning Oydo’stbiy boshchiligidagi qo’zg’oloni.

1827-1897-yillar – Mutafakkir, adib va tarixchi olim, davlat arbobi Ahmad Donish yashagan davr.

1827-1900-yillar – Qoraqalpoq adabiyoti asoschisi, shoir Berdaq yashagan.

1829-yil – Qo’qon xoni Muhammad Alixonning Qashqarga yurishi. Uning 70 ming qashqarlikni o’zi bilan Qo’qonga olib qaytishi.

1830-yil – Buxoro elchilarining Rossiyada bo’lishi.

1830-yil – Qo’qonda Xonmirza Yodgor tomonidan madrasa qurilgan.

1830-1835-yillar – Toshkentda Ko’k masjid qurilgan.

1830-1838-yillar – Xivada Toshhovli (Olloqulixon saroyi) qurilgan.

1831-1833-yillar – Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Byornsning O’rta Osiyoda bo’lishi.

1832-1833-yillar – Xivada Olloqulixon karvonsaroyi va timi qurilgan.

1833-1834-yillar – Qo’qon elchilarining Turkiyaga borishi.

1834-yil – Sharqshunos Demezonning Buxoroga yuborilishi.

1834-1835-yillar – Xivada Olloqulixon madrasasi qurilgan.

1835-yil – Praporshik Vitkevichning Buxoroga josuslik missiyasi.

1835-1836-yillar – Qo’qon qo’shinlarining Talasga yurishi.

1837-yil – Amir Nasrullo muntazam qo’shin tuzgan.

1837-1838-yillar – Qorategin va Darvozni Qo’qon xonligiga tobe bo’lishi.

1837-1847-yillar – Qozoq juzlarida Rossiya imperiyasi hukmronligiga qarshi Kenesari Qosimov qo’zg’oloni.

1838-yil – Ingliz josuslari polovnik Stoddart va Kapitan Konnoli Buxoro amiri Nasrulloning buyrug’i bilan zindonga tashlangan.

1839-yil – Xivada Xo’jash Mahram madrasasi qurilgan.

1839-1840-yillar – Rossiya tomonidan Xiva xonligini bosib olish maqsadida uyushtirilgan Perovskiy ekspeditsiyasining Xivaga qarshi yurishi va barbod bo’lishi.

1840-yil – Buxoro qo’shinlarining O’ratepa yonida – Qo’qon qo’shini ustidan g’alabasi.

1840-yil – Rus olimi N.Xanikov Buxoroda cho’yan eritadigan “zavod” borligini qayd etgan. Bunday korxonalar Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on va boshqa shaharlarda ham bo’lgan.

1840-1842-yillar – Qo’qonda Muhammad Alixonga qarshi qo’zg’olon. Muhammad Alixon o’z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechgan.

1841-yil – Xivadagi Ichan qal’a markazida joylashgan Musa to’ra madrasasi qurilgan.

1841-yil – Kapitan Nikiforovning Xivaga kelishi.

1841-1842-yillar – Buxoroga Rossiya imperiyasi hukumatining josuslik missiyasi – Butenev missiyasi yuborilgan.

1842-yil aprel-may – Amir Nasrulloning Qo’qon xonligini egallashi. Amir Nasrullo tomonidan Nodirabegim, Muhammad Alixon va oila a’zolarining qatl ettirilishi.

1842-yil – Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasida tinch qo’shnichilik haqidagi bitim tuzilgan.

1842-yil – Buxoroda ingliz savdo agentlari Stoddart va Konnolining qatl etilishi.

1842-yil – Podpolkovnik Danilevskining Xivaga kelishi.

1842-yil – Xiva xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor bilan o’ralgan Dishan qal’a (Tashqi qal’a)ni qurdirgan.

1842-1845-yillar – Qo’qon xoni Sheralixonning hukmronlik davri.

1842-1845-yillar – Namangan shahri baland devor bilan o’ralgan.

1843-yil – Amir Nasrullo bilan Xiva xoni Olloqulixon qo’shinlari o’rtasidagi Xazorasp jangi, Nasrulloning yengilishi.

1843-yil – Kapitan Ebbotning Xivada bo’lishi.

1844-1910-yillar – Shoir va bastakor, Xiva xoni Feruz (Muhammad Rahimxon II) yashagan.

1846-1855-yillar – Xiva xoni Muhammad Aminxonning hukmronlik davri.

1845-1858-yillar – Qo’qon xoni Xudoyorxonning 1-xonlik davri. Hokimiyat dastlab amalda uning qaynotasi Musulmonqul qipchoq qo’lida bo’lgan.