Xristianlik
Xristianlik – jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, yaqin Sharqda va uzoq Sharqning birnecha mintaqalarida keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 milliard kishi e’tiqod qiladi. Xristianlikning asosiy g’oyasi Xudoodam — Iisus Xristos (Iso Masih) haqidagi rivoyatlar bilan bog’liq. Xristianlik ta’limotiga ko’ra, Xudo yagona, lekin u musaddas uchlik (troisa)da namoyon bo’ladi. Iso kelajakda tiriklar va o’liklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi. Uning o’gitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari Bibliya va boshqa muqaddas kitoblarda o’z ifodasini topgan. Xristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining Sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o’rtasida paydo bo’lgan. Ilk Xristianlik dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda o’z ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt o’tishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa a’zolari (miryan)ga bo’lingan. Ayrimay- Rim jamoalar o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq Cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik to’plab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni ta’qib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristianlik tarafdorlari bo’ldilar. 4-asrda Xristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining g’arbiy va Sharqiy qismidagi o’ziga xos tarixiy taraqqiyot Xristianlik cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning g’arbiy qismi) va pravoslaviyem (Sharqiy qismi) bo’linishiga olib keldi. Xristianlikning bu bo’linishi 1054 yilda rasman e’tirof etilgan bo’lsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolisizmdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keldi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi. Milodning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud bo’lganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan so’ng xristian jamoalarining faoliyati to’xtagan. Xristianlikning Turkiston o’lkasida keyingi paydo bo’lishi 19-asrning 40-yillariga to’g’ri keladi. O’rta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847 yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), O’ratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. So’ngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarkand va Kattaqo’rg’onda ham jamoalar shakllandi. 1871 yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston eparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, o’lkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916 yil oxiriga kelib eparxiya markazi Toshkentga ko’chirildi. Bu vakt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat ko’rsatar edi. 1936 yilda Rus pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, eparxiya Toshkent va O’rta Osiyo hamda Olmaota va Qozog’iston eparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratildi. Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasi tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari ham kiradi. Hozirgi kunda O’zbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.