XURJUN

XURJUN — ikki qopchiq (bo’lma)li to’rva, Sharq mamlakatlarida qadimdan narsa (yuk) ko’tarib yurishda keng foydalaniladi. Xurjun taxminan 100×40 santimetrli to’rtburchak shaklga ega bo’lib, qopchiqlari yuz tomonining 2 chetida joylashadi, ikki buklanganda krpchiklar ustmaust tushadi. Kishi qopchiqlarni oldi va orqasiga oshirib yelkasiga osib oladi, ulovlar (ot, tuya, eshak va boshqalar)da esa Xurjun ulov ustidan oshirib uning ikki yoniga osilgan holda joylashadi. Amaliy bezak san’ati—gilamchilikda (paloe va gilam kabi) to’qib tayyorlanadi, naqsh mujassamotini yo’l-yo’l, handasiy shakllar tashkil qiladi.