XYUE

XYUE, Gue — Vetnamdagi shahar. Janubiy Xitoy dengizi sohili yaqinida. Binchitxen provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 260,5 ming kishi (1990-yillar boshlari). Transport yo’llarining yirik chorrahasi. Sholi oqlash, taxta tilish, to’qimachilik korxonalari bor. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda (Nyatnam nomi bilan) asos solingan. 1471 yildan Vetnam davlati tarkibida. 1804 yildan Xyue nomi bilan Vetnam poytaxti. 1884 yilda frantsuz protektorata o’rnatilgan vaktda ham Vetnam imperatorlari qarorgohi bo’lgan.