Har bir tirik organizm o’zini takror yaratadi. Gullarda bu jarayon quyidagicha kechadi. Har bir gul to’rt asosiy qismdan iborat. Avvalo, bu kosachabargdan tashkil topgan yashil tashqi gulkosadir. Kosachabargning ichida gultoj bo’ladi. Gultojning ichida esa urug’ni tarkib toptiradigan a’zolar joylashadi. Gulning o’rtasida bir yoki bir nechta urug’chi bo’ladi. Urug’chining atrofida changchi joylashadi. Urug’chi — gulning onalik qismidir. Uning quyi, keng qismi «urug’don» deyiladi. Urug’donning ichida urug’ni rivojlantiradigan yumshoq murtak bo’ladi. Ammo ular gulchang donlari bilan urug’lantirilgandan keyingina urug’ holiga keladi. Gulchang donlari gulning otalik qismi — changchining ichida rivojlanadi. Urug’ hosil qilish uchun urug’donlari urug’chining tepa qismidan o’tib, murtakka tushishi lozim. Urug’chining yuqori qismi og’izcha deyiladi. Gulchang donlari dastlab og’izchaga tushadi. Ular og’izcha yuza qismidagi shirin suyuqlik namidan to’yinadi. So’ng ular amal oladi va o’sadi. Changdon naychaga aylanadi. Naycha urug’chi ustunchasi orqali o’sadi va urug’don devorlari orqali murtakka tushadi. Naycha tarkibidagi moddalar murtakka tushib, uni urug’lantiradi. Ko’pgina gulchang naylari urug’donda bir vaqtda unishi mumkin. Har bitta naycha amal otib, bitta murtakni changlantiradi. Faqat o’sha o’simlikning gulchangi naychaga aylanadi va urug’donga yetib boradi. Gulchang ajratib chiqaradigan urug’chi a’zosi changdon deyiladi. Gulchangni changdondan og’izchaga ko’chirib o’tqazish changlatish deyiladi. Bordiyu changlatish bitta gulda yuz bersa, u o’z-o’zini changlatish deyiladi. Agar urug’chi boshqa o’simlikning guliga o’tsa, bunday changlatish chetdan changlanish deyiladi. Chetdan changlanish shamol, hasharotlar, qushlar va muayyan hayvonlar tufayli amalga oshadi. Keyinroq urug’ boshqa joyga tushadi, tomir otadi va gul bo’lib o’sadi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
