YAXLITLASH
YAXLITLASH (matematikada) biron bir ulushli sonni taqribiy yaxlit son bilan almashtirish. Ushbu qoida bo’yicha bajariladi: ulushli sonning oxirgi raqami qiymati 4 dan kichik (a < 4) bo’lsa, u tashlab yuboriladi; agar 6 dan katta (a > 6) bo’lsa, chapdan o’ngga oxirgi raqam bir birlikka orttiriladi (masalan, 217,7 soni 2118 qilib olinadi). Sonlarni o’nlar xonasigacha, yuzlar xonasigacha kami bilan yoki ortig’i bilan Yaxlitlash mumkin. Masalan, a = =21,46 sonini kami bilan o’nlar xonasi gacha yaxlitlaganda 21 soni, ko’pi bilan yaxlitlaganda 22 soni hosil bo’ladi. Sonlarni Yaxlitlash xatolik, ya’ni (a — a0) ayirmaga bog’liq, bunda a — berilgan son, a0 — qisqargan yaxlitlangan son, ya’ni uning taqribiy qiymati.