YELGAVA

YELGAVA (1917 yilgacha rasmiy nomi Mitava) — Latviyadagi shahar (1573 yildan), Lielupe daryosidagi pristan. Temir yo’k tuguni. Aholisi 73,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mashinasozlik («Raf» mikroavtobuslari, qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodlari), yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Latviya qishloq xo’jalik akademiyasi, tarix va badiiy muzeylar ishlab turibdi. Yelgava 1226 yildan ma’lum. 1561 yildan Kurlyandiya gersogligi poytaxti. Annas cherkovi (17-18-asrlar), Elgava saroyi (18-asr, me’mori V. V. Rastrelli); Petrin Akademiyasi (18-asr), Medem villasi (19-asr) saqlangan.