YERSOVUN

YERSOVUN, tasbi (Leotice eversmannii) — zirkdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. O’rta Osiyoda 4 turi bor. Poyasi tik, 25-50 santimetr. To’pguli murakkab shingil. Ellipssimon yon bargchalarining uzunligi 3-12 santimetr. Guli sariq, gulbandi yotiq, uzunligi 1,5—3,5 santimetr. Urug’i qo’ng’ir, diametri 5 millimetr. Yersovundan olinadigan saponin penobeton tayyorlashda ishlatiladi.