YEVROPA PARLAMENTI

YEVROPA PARLAMENTI – Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar fuqarolari to’g’ridan-to’g’ri saylovlar orqali 5 yil muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifoq doirasidagi ulushi hisobga olinadi (masalan, Germaniya 99 mandatga, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya — 87 tadan, Ispaniya — 64 va hokazolar mandatga ega). Yevropa parlamentining har oyda bo’ladigan sessiyalari Strasbur (Frantsiya)da, favqulodda majlislari — Bryussel (Belgiya)da o’tadi. Bu shaharlarda Yevropa parlamenti qo’mitalari ishlaydi, kotibiyati — Lyuksemburg shahrida.