YEVROPIY

YEVROPIY (lotincha Yeuropa — Yevropa so’zidan olingan, Europium), Eu — Mendeleeyv davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; lantanoidlarta kiradi; tartib raqami 63, atom molekulasi 151,96. Yevropiyni 1901 yilda frantsuz olimi E. Demars kashf etgan. Ikkita barqaror izotop (|51 Ey — 47,82% va |53ei — 52,18%)dan tashkil topgan. Yer po’stining og’irlik jihatidan 1,3-10 4% ini tashkil etadi. Nodir metallar bilan birga tabiiy minerallar — monasit, loparit, bostnezit, oz miqdorda ksenotim, evksenit, gadolinit va apatitlar tarkibida uchraydi. Dengiz suvlari tarkibidagi mikdori 1,1-10 6 mg/l. Yevropiy — oqish kulrang metall, suyumanish temperatirasi 826°, qaynash temperaturasi 1559°, zichligi 5,245 g/sm3. Oddiy sharoitda suv, mineral kislotalar bilan, qizdirilganda azot va vodorod bilan reaktsiyaga kirishadi. Yevropiyning ikki oksidi ma’lum: Ey (P)-oksid EIO — qizg’ishjigarrang, kubik panjarali kristall modda. Suyuqlanish tamperaturasi 1980°. 1000° da Ei2o, ga Ey ta’sir ettirib, Ey ni oksidlab, vakuumda EI(on)2 ni parchalash usuli b-n olinadi. Ey (Sh)-OK-Sid Ei2o3 — rangsiz kristall modda. Kubik va monoklin panjarali ikki modifikasiyasi bor. E3+ tuzlari (oksalat, sulfat, nitrat va boshqalar)ni 800-1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Yadro reaktsiyalari uchun keramik himoya qoplamlari tayyorlashda qo’llaniladi. Metall holdagi Yevropiy Ei2o, ni 1200° da vakuumda lantan yoki argon muhitida uglerod bilan qaytarib, shuningdek, Eis13 eritmasini elektroliz qilib olinadi. Yevropiy yadro texnikasida neytronlarni yutuvchi, qizil rangda shu’lalanuvchi molenoforlar tayyorlashda faollashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Sun’iy radioaktiv izotoplari: radioaktiv l52Eu (yarim yemirilish davri T ‘/, 12,7 y.) kimyoviy tadqiqotlarda indikator, l54Eu (T ‘/2 16 y.) va l55Eu (T ‘/, 11,7 y.) — defektoskopiyada nurlanish manbai sifatida, |55ei — tibbiyotda tashhis qo’yishda qo’llaniladi.