YUEBAN

YUEBAN — miloddan avvalgi 2-asrda Tarbag’atoyda o’troqlashgan hunlar; keyinchalik Yettisuv tomon siljiganlar. 5-asrda uyg’urlar tomonidan tobe etilib 4 ta qabilaga (chuyus, chumi, chumugun, chuban) bo’linib ketgan. 6-10-asrlardagi Xitoy tarixchilarining yozishicha, Yuebanlar usunlardan shimoli g’arbda yashashgan. Ularning turkiy bo’lgani taxmin etiladi, chunki xitoylar Yuebanlarni hunlarning avlodi ekanliklari, ularning urf-odatlari va tillari gaogyuylar (uyg’urlar) bilan bir xil ekanligini aytishgan.