ZARBA

ZARBA, zarb (fizikada) — harakatlanayotgan qattiq jismlar to’qnashganda, qattiq jism suyuklik yoki gaz bilan o’zaro ta’sirlashganda yuzaga keladigan hodisalar majmui. Zarba davom etadigan vaqt oralig’i, odatda, juda qisqa (sekundning o’n minglik ulushlaridan millionlik ulushlarigacha), bir-biriga uriluvchi jismlarning kontakt (tutashuvchi) yuzalaridagi kuchlar (Zarba kuchlari) esa juda katta oniy kuchlar bo’ladi. To’qnashgan sistemalar uchun oniy kuchlar ichki kuchlar hisoblanadi. Zarba vaqtida paydo bo’ladigan impulslar oniy impulslar deyiladi. Zarba tufayli jismlarning yo’nalishi, tezligi, shakli o’zgaradi, qoldiq deformasiyalar, tovush tebranishlari, jismlarning qizishi va boshqalar sodir bo’ladi. Ikki tomonlama urilish tezligi kritik tezlikdan katta bo’lgan hollarda esa jismlarning Zarba ta’sir etgan joyi emirilishi mumkin. Zarba to’g’ri, Markaziy, burchakli, plastik, elastik va hokazolar bo’lishi mumkin. Zarba kuchining shu kuch ta’sir etib turgan vaqt temperaturaga ko’paytmasi /73T=S1 zarba impulsi deyiladi. Zarba vaqtida g’ juda katta, t juda kichik bo’ladi. Shu sababli, Zarba vaqtida jismga tushadigan ta’sirni ifodalashda Zarba kuchi o’rniga Zarba impulsi ishlatiladi. Zarbaning elementar nazariyasiga ko’ra, jism tezligining 3. vaqtidagi o’zgarishi tiklanish koeffisienti kuch bilan ifodalanadi; bu koeffitsientning qiymati urilayotgan jismlar materialiga bog’liq. Masalan, yog’och shar uchun k = j, po’lat shar uchun ^ ; k=\ bo’lsa mutlaq elastik Zarba, k=0 bo’lganda mutlaq noelastik Zarba deyiladi. Mashina va mexanizmlar, inshoot elementlarini hisoblashda ularning Zarba ga chidamliligi e’tiborga olinadi. Zarbadan jismlarni deformatsiyalash (yassilash, maydalash, shtamplash va boshqalar) hamda harakatlantirish (masalan, qoziq, mix qoqish va boshqalar) maqsadida foydalanish mumkin.