ZARIFOV ANVAR HAKIM O’G’LI

ZARIFOV ANVAR HAKIM O’G’LI (1956.9.6, Toshkent) — tsirk chavandozi. Eldek uchib borayotgan ot egaridan bosh bilan sirg’alib otning qornidan o’tib egarga o’tiradi, so’ngra chap oyog’i uzangida bo’lib, o’zini dast pastga tashlab, boshi, kifti va ikki qo’li bilan yerda sudralib borib, yana egarga o’tiradi. Kifti va qo’llariga tiralib, oyoqlarini osmonga tik ko’taradi. Zarifovlar an’analarini kelajak avlodga yetkazishda sulolaning ishonchli vakili. G. va A. Zarifovlarning onasi Nina Zarifova (1924.29.11, Ivanovo viloyati) — tsirk artisti, chavandoz, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1969). Xolida Zarifovaning farzandlari Regina Zarifova (1949.10.11, Toshkent), Oydin Toshkanboeva (1953.30.10, Toshkent), Karima Faxriddinova (1960.12.1, Toshkent), Ulug’bek Zarifov (1968.12.1, Toshkent) lar ham chavandozlik, dorbozlik, hayvon va parrandalar o’rgatish va o’ynatish, qiziqchilik janrlarida ijod qiladilar. Bu farzandlarning otasi Faxriddin Sharifboyev (1928.11.5 Toshkent 1997.4.3) ham tsirkda chavandoz bo’lgan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1969). Gavhar Zarifovaning farzandlari Karima Zarifova (1982.5.2, Moskva), o’g’li Erkin Zarifov (1983.9.11, Moskva) Zarifovlar sulolasining to’rtinchi avlodiga mansubdir. Karima tsirkda o’ta murakkab hisoblangan besuyak («Kauchuk») janrining tengi yo’q yulduzi sifatida 1994 yilda Monte Karloda o’tkazilgan tsirk san’ati yosh iste’dodlarining jahon ko’rigi sovrindori, Parijda o’tkazilgan (1995) «Kelajak tsirkining yulduzlari» jahon festivalining g’olibi sifatida oltin medalga sazovor bo’ldi. Ukasi Erkin havo gimnastikasi janri ijrochisi. Toshpo’lat Tursunov.