ZENKER
ZENKER (nemischa Senker) — tsilindrik teshiklarning devorlariga va ularning shakldor qismlariga ishlov berish (zenkerlash) uchun qo’llaniladigan ko’p tig’li metall kesish quroli. Parmadan 3-6 kesuvchi qirrasi borligi bilan farq qiladi. Yaxlit, o’rnatma, aralash va ikki peroli Zenkerlar bor. Zenker parmalash va tokarlik stanoklariga o’rnatib ishlatiladi.