BAKELIT — rezolning eski nomi. Bakelitga to’ldirgichlar (yog’och qipig’i, qog’oz, asbest) aralashtiriladi va hosil bo’lgan massani press-qoliplarda qizdirib ishlash yo’li bilan elektr izolyatsiyalash materiallari va mexanik xossalari yuqori bo’lgan zanglamas buyumlar tayyorlanadi. Ixtirochi — belgiyalik Amerika kimyogari L. Bakeland (1863 – 1944) nomi bilan atalgan.