BAKEN (gollandcha baken) — suv betida qalqib turadigan belgi, mayoq; langarga bog’langan bo’ladi. Suv yo’llarida kema harakatiga xavf soladigan joylarni va kemalarning o’tishi uchun eng qulay yo’llarni ko’rsatish uchun qo’yiladi. Baken piramida, konus yoki shar shaklida yog’och yoki po’latdan ishlanadi. Elektr lampochka, kerosin lampa yoki atsetilen fonuslar bilan yoritiladi. Kema projektorining nuri tushganda yarqirab ko’rinadigan bo’lishi uchun Baken sirtiga ba’zan qirrali ko’zgular qoplanadi. Avtomatik Bakenlar o’chib-yonib turadi.