Chumolilar nima yeydi?

Chumolilar nima yeydi? Siz chumolilarni faqat osmono’par tog’lar cho’qqisida uchratmaysiz. Chumolilarning ham mingdan ziyod turi borligi tasavvurimizga sig’maydi. Keling, endi chumolilarning ovqatga shinavandaligi xususida gaplashamiz. O’roqchi chumoli allaqaysi bir o’simlikning urug’ini teradi va uyasiga tashib keladi. Bu yerda urug’ saralanadi va ozuqa sifatida g’amlab qo’yiladi. Boshqa chumolilar sut fermerlaridir. Ular o’simlik biti, ya’ni «shirasi»ga qarashadi. Chumolilar ular ajratib chiqaradigan shirin suyuqlik tushmaguncha chetlariga uraveradilar. Chumolilar shakarak va sutga mazaxo’rakdirlar, shu boisdan o’z «sigirlariga» juda g’amxo’rlik qilishadi. Faqat qo’ziqorinlarda yashaydigan chumolilar ham mavjud. Ular yeydigan qo’ziqorinlar nimaningdir ustida o’sib chiqqan bo’lishi kerak. Chumolilar ularning tuprog’ini avaylaydilar. Tegirmonchi chumolilar ham bor. Boshi katta chumolilarning bu turi ko’rinishidan ishchilarga o’xshaydi. Ularning boshidagi kuchli mushaklar jag’larining un tortishiga imkon yaratadi. Bu ishchi chumolilar ko’chining naq tegirmonchilaridir. Ular oddiy ishchilar tashib keltirgan donlarni maydalaydilar. Hosil mavsumi tugagach, tegirmonchilar o’ldiriladi va boshi g’ajib tashlanadi. Ular buni qo’shimcha xo’randalar bo’lmasligi uchun qilishadi. Chumolilarning bir turi uyadagi ovqat zahirasini tartibga solib turadi. Ishchi chumolilar gul nektarini olib kelganda chumolilarning maxsus koloniyasi uni paqqos tushiradi. Qishda ular yoniga ko’chning boshqa a’zolari kelib, og’zidan yetarlicha ovqat olishadi. Ular shu tariqa kelgusi mavsumga qadar ovqatlanadi.

Barcha chumolilar, odamlar singari, o’z kasblariga ega va ular bir xil hayot tarzini olib borishadi. Ushbu hasharotlarning ixtisoslashishiga kelsak, ular quyidagilar:

  • harbiylar, askarlar va shifokorlar – bu hasharotlar o’ziga xos funktsiyalarni bajaradilar;
  • quruvchilar va muhandislar – uy-joy qurish va uni jihozlash, shuningdek aloqa masalalari bilan shug’ullanish;
  • hamshiralar;
  • quloq soluvchilar;
  • chorvadorlar va fermerlar;
  • barg kesuvchilar, o’roqchilar, yog’och o’ymakorlari va qabr qazuvchilar.

Chumolilar madaniyati haqida

Chumolilar haqida faktlar